Nokia 5.1 Plus qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

  •   Saroy
  •  971
  •  11.06.2018 13:44

Nokia 5.1 Plus qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

O‘tgan oyning oxirlarida HMD Global kompaniyasi  yangilangan smartfonlar lineykasi – Nokia 2.1, Nokia 3.1 va Nokia 5.1’larni chiqargan edi. Endi esa, tarmoqlarda va videorenderlarda  Nokia 5.1 Plus versiyasi paydo bo‘ldi.

OnLeaks bilan Tiger Mobiles hamkorlikda , insayder ma’lumotlariga asoslanib,  Nokia 5.1 Plus qanday ko‘rinish olishini namoyish etdi. Ko‘rinib turibdiki, korpus shishali bo‘ladi, displeyning yuqori qismida an’anaviy kemtik, ekran atrofida kattagina rom, asosiy qo‘shkamera va tagida barmoq izlari skaneri bor.

O‘QING: JerryRigEverything eng mustahkam smartfonni e’lon qildi

Umuman olganda, smartfon yomon ishlanmagan va  yaqinda taqdim qilingan Nokia 5.1 kabi  arzon telefonga o‘xshamaydi. Lekin, o‘tgan oyda namoyish etilgan  Nokia X6  modeliga juda o‘xshab ketadi.  

Xabarda aytilishicha, Nokia 5.1 Plus ham 5,7-dyuymli Full HD+ displeyiga ega  bo‘ladi. Tomonlari — 149,5×71,9×8 mm. Boshqa tafsilotlar berilmagan, Amma ekspertlar yangi qurilma  Nokia 5.1’ga qaraganda kuchliroq protsessor va ko‘p xotirali bo‘ladi, deyishmoqda.

O‘QING: Nokia’ dan o‘ziga xos sovg‘a: maqbul narxda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!