Nokia 7.1 Plus displey: yaxshi tomonlari aytilmoqda

  •   Saroy
  •  533
  •  19.09.2018 11:20

Nokia 7.1 Plus displey: yaxshi tomonlari aytilmoqda

Yaqinda tarqalgan mish-mishlarga qaraganda, Nokia 7.1 Plus (Nokia X7, deb ham ataladi) 5,9 dyuymli ekran bilan ta’minlanadi. Bu amaldagi  Nokia 7 Plus’ning olti dyuymli panelidan kichikroq. Ammo u 1080x2160 pikselli formatni qo‘llab quvvatlaydi.

O‘QING:5 kamerali ekan: Nokia’ning eng qimmat smartfoni

Shu bilan birga, masalan, Snapdragon 710 chipi tufayli unda o‘yinlar tez harakat qiladi. Romning yuqori qismida ikkita teshik ko‘rinib turibdi: biri selfi-kamera, ikkinchisi  — yaqinlashtirish datchigi uchun, ular dinamikning atrofi bo‘ylab joylashgan.

O‘QING:Nokia 9 va Nokia X7 smartfonlarining old paneli tarmoqlarda ko‘rsatilmoqda

Hozircha yangi qurilma akkumulyatorining sig‘imi ma’lum emas, biroq Nokia 7.1 Plus 18 Vt’li tezkor zaryadkani qo‘llab quvvatlashi ma’lum.  Habarlarda qurilma shu yili namoyish qilinadi, deyilgan, ehtimol, yana bir oydan keyin paydo bo‘lar. Avval ko‘pchillik yangi qurilma  Nokia 9 bilan birga anons qilinadi deb o‘ylayotgan edi, ammo oxirgi gap-so‘zlarga qaraganda, ushbu flagman keyingi yilga qoldirilgan.  

O‘QING:Nokia kutilmaganda X7 smartfonini namoyish etdi

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!