Nokia 8.1 Plus – kompaniyaning ilk «teshik» ekranli smartfoni video va suratlarda

  •   DiMaX
  •  1301
  •  10.01.2019 11:21

Nokia 8.1 Plus – kompaniyaning ilk «teshik» ekranli smartfoni video va suratlarda

Shu kungacha bir qator smartfonsozlar old kamerasi displey «tirqish»iga joylangan smartfonlar taqdim etishdi. Taniqli insayder OnLeaks fikricha, ushbu trendga Nokia ham qo‘shilyapti.

O‘QING: 5G’da ishlovchi iPhone ekranida selfi-kamera «tirqish»i ham bo‘ladi!

Inchayder allaqachon mazkur qurilmaning render suratlari va videosini ham tayyorlab tarqatgan. Unga ko‘ra, Nokia 8.1 Plus nomli ushbu smartfon diagonaliga 6,22 dyuymlik romsiz ekran bilan ta’minlanadi. Tasvir aniqligi FullHD+ formatida bo‘lgan displeyda selfi-kamera uchun «teshik» ochiladi.

Smartfonning korpusi o‘lchamlari 156,9x76,2x7,9 millimetrni tashkil etadi. Unda quloqchinlar uchun an’anaviy 3.5 millimetrlik audiotirqish ham mavjud. Orqa panelda tikka joylashgan qo‘shaloq kamera hamda barmoq izi skaneriga ko‘zimiz tushadi.

Mana, Nokia 8.1 Plus smartfonining uch o‘lchamli renderini quyidagi lavhada tomosha qiling:

Mazkur smartfon Android One dasturi doirasida taqdim etiladi, ammo namoyish sanasi hozircha noma’lum. OnLeaks uning eng so‘nggi – Android 9.0 Pie operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlashini aytmoqda.

O‘QING: Yana bitta arzon Nokia smartfoni tayyor: juft kamera, Android 9 va NFC chipli!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!