Nokia’ dan o‘ziga xos sovg‘a: maqbul narxda
Finlandiyaning HMD Global kompaniyasi mana bir yarim yildirki, Nokia brendi ostida bozorga smartfon chiqarib keladi. @rquandt insayderidan ma’lum qilinishicha, mazkur kompaniya yaqin kunlarda hamma uchun maqbul narxda yangi smartfon chiqaradi. Yangi qurilma eng ilg‘or optika va ko‘plab boshqa imkoniyatlar bilan boyitilgan, lekin shunga qaramay arzon narxda taklif etiladi, chunki uning asosi flagman chip emas, balki Snapdragon 710 bo‘ladi. Mobil qurilma hozir ishlab chiqarish jarayonida va o‘zining Phoenix kod nomini ham olishga ulgurdi.
O‘QING: Nokia kompaniyasi Digital Health bo‘limini sotib yubordi
Sir emaski, hozirda odamlar flagman smartfonlarni sotib olishga majbur bo‘lmoqda, bunga sabab ularning eng yuqori hisoblash quvvatida emas, balki bunday telefonlarga boshqa komponentlar, jumladan kameralar o‘rnatilganligidir. Nomi hozircha oshkor etilmayotgan yangi qurilma odatlarni o‘zgartirdi. Foydalanuvchilarni tushunsa bo‘ladi, ular har doim yangi texnologiyalarni istashadi, biroq ortiqcha to‘lovlarsiz, albatta.
O‘QING: Hamyonbop Nokia 3 (2018) orqa panelini ilk «jonli» suratda ko‘ramiz
Mobil qurilmaning asosini 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 710 protsessori tashkil etadi. Apparatning yana bir yutug‘i, ikkita asosiy kamerasidir, tezkor xotira 6 GB, ichki xotira 64/128 GB bo‘ladi. Bundan tashqari, doimiy flesh-xotira, USB Type-C, odatdagidek, quloqchin uchun 3,5 mm li audioajratgich, 256 GB’gacha bo‘lgan microSD xotira kartasi uchun slot, bir vaqtning o‘zida ikkita SIM-karta, Bluetooth 5.0 LE, Wi-Fi 802.11ac (2,4 GGs + 5 GGs), A-GPS, 4G VoLTE, hamda NFC modullari, bularning barchasi ushbu qimmat bo‘lmagan qurilmaning ustun tomonlari hisoblanadi. Oxirgi modul orqali foydalanuvchi telefondan do‘konlardagi xaridlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.
O‘QING: Nokia kompaniyasi Digital Health bo‘limini sotib yubordi
Yana bir muhi tomoni, Nokia o‘zining ushbu barcha uchun maqbul narxdagi telefonini Xitoy bozori uchun emas, balki aynan, xalqaro bozor uchun chiqarishni mo‘ljallayapti. Bu, telefon Android One model qatorining bir qismiga aylanadi, deganidir.