Nokia ikkinchi smart-televizorining taqdimotini rasman e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  447
  •  02.06.2020 16:57

Nokia ikkinchi smart-televizorining taqdimotini rasman e’lon qildi

Afsonaviy brend ostidagi ilk «aqlli» televizor – Nokia Smart TV o‘tgan yilning oxirrog‘ida namoyish etilgan edi. Ta’kidlash o‘rinliki, Nokia smartfonlarini chiqarayotgan HMD Global kompaniyasining bunga aloqasi yo‘q.

O‘QING: Yoshlarbop va arzon Redmi Smart TV X series televizorlari namoyish qilindi

Shunday qilib, Flipkart kompaniyasi e’lon qilgan rasmiy tizerga ko‘ra, ikkinchi Nokia televizori 4 iyun kuni namoyish qilinadi. Ekran o‘lchami diagonaliga 43 dyuymlik yangi devaysning tashqi ko‘rinishi o‘sha 55 dyuymlik variantdan umuman farq qilmaydi.

Yangi smart-televizorda ham korpusning pastki qismida JBL akustikasi joylashadi. LED-matritsaning aniqligi 4K formatida bo‘ladi. Qurilma Android TV (Android 9 Pie) operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi.

Xabarlarga ko‘ra, Nokia’ning ikkinchi televizori Hindistonda, taxminan 400–450 dollarlik narxda sotiladi. Uning boshqa mamlakatlar bozorlariga chiqish-chiqmasligi hozircha noma’lum.

O‘QING: Sharp birinchi o‘rama televizorini «jonli» videoda ko‘rsatdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.