Nokia’ning eng arzon ilg‘or smartfoni sotuvga chiqyapti

  •   DiMaX
  •  2523
  •  06.08.2018 10:37

Nokia’ning eng arzon ilg‘or smartfoni sotuvga chiqyapti

HMD Global kompaniyasi o‘tgan oyda Xitoyda o‘zining Nokia X5 smartfonini rasman namoyish etgan edi. Mazkur qurilma yaqin orada dunyo bozoriga Nokia 5.1 Plus modeli sifatida chiqariladi.

O‘QING: Nokia yilning eng arzon va ilg‘or smartfonlaridan birini taqdim qildi

Ushbu gadjetning tez orada global savdoga chiqarilishini tasdiqlovchi faktni Nokiapoweruser nashri ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, kuni kecha bu smartfon Bluetooth Special Interest Group (SIG)  tashkilotida sertifikatsiyadan o‘tgan. Nokia 5.1 Plus unda turli hududlar bozoriga mo‘ljallangan beshta variantda ro‘yxatga olingan: TA-1108, TA-1120, TA-1112, TA-1102 va TA-1105.

Nokia 5.1 Plus modelining displeyi diagonaliga 5,8 dyuymlik o‘lchamga hamda 1520x720 piksellik tasvir aniqligiga ega. Tomonlari o‘zaro 19:9 nisbatli bu ekran 2.5D himoya va bezak shishasi bilan qoplangan, yuqori qismida «kemtik» ham mavjud.

Nokia 5.1 Plus yakka kristalli Helio P60 protsessoriga asoslangan, 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotirasi bor. Asosiy kamerasi qo‘shaloq – 13 va 5 megapikselli datchiklardan iborat. 8 megapikselli selfi-kamera esa «sun’iy aql» funksiyasi yordamida smartfon foydalanuvchi qiyofasini tekshiruvdan o‘tkazib, uni blokirovkadan chiqara oladi.

Ushbu smartfon bozorda 148 AQSh dollaridan boshlangan narxda sotilishi kutilmoqda.

O‘QING: Nokia’ning navbatdagi flagmani iPhone X’dan qimmat, ammo bu bekorga emas!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!