Nokia smartfoni portlashidan bir qiz halok bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  1463
  •  22.03.2018 18:45

Nokia smartfoni portlashidan bir qiz halok bo‘ldi

Smartfonlar va boshqa elektron qurilmalarning akkumulyatorlari portlab ketishi haqidagi xabarlar keyingi paytlarda kamaygan edi. Afsuski, kuni kecha yana bir shunaqa – o‘lim bilan yakun topgan hodisa yuz bergani ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Batareyalarning portlashi: sabab va oqibatlari, himoyalanish usullari

Bu galgi voqea Hindistonda sodir bo‘ldi, deb yozadi news18.com sayti. Keryakani rayonida Uma Oram (Uma Oram) ismli o‘n sakkiz yashar qiz Nokia 5233 rusumli smartfonini quvvatlashga qo‘yib, bir vaqtning o‘zida unda gaplashayotganida qurilma portlab ketgan. Oqibatda telefon sohibasi qo‘li, boshi va ko‘krak qafasidan jarohatlar olgan. U behush holatda kasalxonaga yetkazilgan, ammo shifokorlar qizning hayotini saqlab qola olishmagan.

Nokia savdo belgisining hozirgi egasi – HMD Global kompaniyasi bu fojia bo‘yicha mas’uliyatni o‘zidan soqit qilgan: «Ushbu mobil telefon HMD Global tomonidan ishlab chiqarilmagan va sotilmagan».

Chindan ham, taqdim etilganiga 8 yil bo‘lgan Nokia 5233 modeli hozir ham sotuvda topiladi. Masalan, Amazon onlayn do‘konining hindcha versiyasida bu devaysni devaysni 45 dollari ekvivalentidagi pul evaziga olish mumkin.

O‘QING: 13 yashar qiz qo‘lida smartfon bilan vannaxonada halok bo‘ldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!