Nokia uchta smartfon va tugmachali ilk Android-telefonning namoyish kunini aytdi (+video)

  •   DiMaX
  •  1176
  •  04.03.2020 16:04

Nokia uchta smartfon va tugmachali ilk Android-telefonning namoyish kunini aytdi (+video)

HMD Global kompaniyasi MWC 2020 tadbirida bir nechta yangi Nokia qurilmalarini taqdim etmoqchi edi. Ammo koronavirus epidemiyasi tufayli ushbu ko‘rgazma bekor qilingani uning ham rejalarini chippakka chiqardi.

O‘QING: MWC 2020'ning eng yaxshi smartfoni nomi ma’lum qilindi

Kompaniya endi yangi gadjetlarini ikki haftadan so‘ng 19 mart kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan taqdimotda ko‘rsatmoqchi. Bu xususda HMD Global’ning mahsulotlar bo‘yicha bosh direktori Yuxo Sarvikas (Juho Sarvikas) o‘zining Twitter-akkauntida rasmiy tizer orqali xabar bergan:

Ushbu tadbirning asosiy qahramoni Nokia 8.2 5G modeli bo‘lib, u kompaniyaning beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llovchi ilk smartfonidir. Qurilma kemtiklar yoki tirqishlarsiz POLED yoxud LCD-displeyga ega; uning old kamerasi esa korpusning yuqori qirrasidan chiqadi. Ushbu devays 6/128 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga, 3500 mA/soatlik batareyaga hamda 5G-modemni ham o‘z ichiga oluvchi yangi Qualcomm Snapdragon 765G protsessoriga ega. Kompaniya uni Yevropada 460 yevrodan boshlanuvchi narxlarda sotmoqchi.

Shuningdek, marosimda ikkita hamyonbop smartfon – Nokia 5.2 va Nokia 1.3 modellari ham taqdim qilinadi. Yana bir qiziq devays esa Android operatsion tizimli ilk tugmachali telefon bo‘lib, biz avvalroq uning ishlatib ko‘rsatilgan «jonli» videosini chiqargandik. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, HMD Global uni Nokia 400 deb nomlagan.

O‘QING: Atigi 59 dollarlik modelning davomchisi – Nokia’ning o‘ta arzon 4G-smartfoni tayyor!