Nokia yana bitta afsonaviy telefonni «tiriltiryapti»!

  •   DiMaX
  •  2005
  •  05.02.2019 11:25

Nokia yana bitta afsonaviy telefonni «tiriltiryapti»!

Xitoyning telekommunikatsion jihozlarni sertifikatlash markazi – TENAA saytida Nokia brendining yangi telefoni haqida ma’lumot va uning surati paydo bo‘lgan. Garchi ushbu qurilma hali rasman namoyish etilmagan bo‘lsa-da, Gizchina nashri uning Nokia 3210 modeliga o‘xshashligini payqadi.

O‘QING: Nokia yana bir afsonaviy brendni «tiriltirmoqchi»

Aytib o‘tish o‘rinliki,  Nokia 3210 – ushbu brendning 1999 yili taqdim etilgan tugmachali telefon bo‘lib, kompaniyaning eng xaridorgir mahsulotlaridan biri sifatida tarixda qolgan. Yangi tayyorlanayotgan gadjet ham dizayni bo‘yicha uni eslatadi – ehtimol, bu hol uning ommalashuviga sababchi bo‘lar.

Aftidan, HMD Global kompaniyasi yana kishilarning Nokia brendiga bo‘lgan ishonchi hamda nostalgiyasidan foydalanishga bel bog‘lagan va ushbu modelni yangicha talqinda taqdim etmoqchi.

O‘QING: Narxi 50 dollarga ham bormaydigan yana bitta Nokia telefoni tayyor!

TENAA saytidagi sertifikatsiya ma’lumotlariga qaraganda, yangi qurilma 2,4 dyuymlik TFT-displeyga ega, uning tasvir aniqligi esa 240x320 piksellik. Telefonning kamerasi 3 megapiksellik datchikka ega, akkumulyatorining tok sig‘imi esa 1020 mA/soatga teng. Bulardan tashqari, ushbu telefon FM-moduli, MP3 formatidagi musiqalarni o‘qiy olishi hamda microSD-karta uyachasi bilan ham maqtana oladi.

HMD Global bu telefonni qachon rasman namoyish etishi hamda savdoga chiqarishi hozircha noma’lum. Nokia brendi ostidagi ayrim yangi mahsulotlarni esa 529 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar asosida Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Atigi 24 dollarlik, ammo quvvati naq uch haftaga yetuvchi Nokia 106 taqdim etildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!