Nokia yana bitta smartfon tayyorlayapti ekan!

  •   DiMaX
  •  1084
  •  30.11.2017 16:59

Nokia yana bitta smartfon tayyorlayapti ekan!

HMD Global kompaniyasi Nokia brendini «tiriltirib» olgan, uni jonlantirish va kuchaytirish ishlari ham rejaga muvofiq davom etyapti. Mazkur nomi ostida chiqayotgan qurilmalar o‘zining xususiyatlari va asosiysi – «insofli» narxi bilan xaridorlar e’tiborini qozonib kelmoqda.

O‘QING: Nokia: 2017 yilda 7 ta smartfon ishlab chiqariladi

Hali taqdim etilmagan Nokia 9 flagmani eng orziqib kutilayotgan modellardan biri bo‘layotir, ammo u endi keyingi yili taqdim etilsa kerak. Biroq HMD Global yana bitta smartfon – Nokia 5’ning keyingi avlodini tayyorlayotgani ham ma’lum bo‘ldi. Bu model ham 2018 yilda namoyish etilsa kerak, deb yozadi Pocketnow nashri.

Taqdimotga tayyorlanayotgan ushbu devays aynan qanday nomlanishini hozircha bila olmaymiz, ammo uning ayrim xususiyatlaridan boxabar etishimiz mumkin. GFXBench benchmarkining bazasida yaqinda paydo bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, Nokia 5 (2018) deb atalishi taxmin qilinayotgan telefonning asosiy jihatlari quyidagicha:

Xullasi kalom, Nokia 5 smartfonining keyingi avlodi diagonaliga 5,2 dyuymlik ekranga ega, displeyning tasvir aniqligi Full HD formatida, ya’ni 1920x1080 pikselli. Uning samaradorligi uchun 2,2 GGs takt chastotasida ishlovchi sakkiz yadroli Snapdragon 630 protsessori mas’uldir.

Taqqoslash uchun keltirib o‘tish kerakki, original Nokia 5 modeliga sakkiz yadroli Snapdragon 430 protsessori va 2 gigabaytlik tezkor xotira o‘rnatilgan. Uning 2018 yilgi «avlod»ida esa tezkor xotira hajmi ham 4 gigabaytgacha kuchaytirilgan. Bulardan tashqari, original Nokia 5’dagi 16 gigabaytlik doimiy xotira yangi modelda 64 gigabaytni tashkil etadi. Yomon emas-a, nima dedingiz?

O‘QING: Nokia 5 va Nokia 3 Rossiyada sotuvga chiqdi

Shuningdek, asosiy kamera 13 megapikselli emas, balki endi 16 megapikselli bo‘lyapti. Lekin negadir Nokia 5 (2018) modelining selfi-kamerasi avvalgidek 8 o‘rniga 5 megapikselli bo‘lyapti.

Va nihoyat, yangi modelning operatsion tizimi sifatida Android 7.1.1 talqini ko‘rsatilgan, ammo taqdimot vaqtigacha uni Oreo talqiniga yangilashsa kerak. Bu boradagi yangiliklardan boxabar bo‘lib borish uchun bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: Nokia 9 dizaynini g‘ilofchi kompaniya «sotib qo‘ydi» (+10 surat)