Notch Pie – ekrani tomchisimon «o‘yiq»li barcha smartfonlar uchun zo‘r ilova

  •   DiMaX
  •  1571
  •  08.04.2019 10:34

Notch Pie – ekrani tomchisimon «o‘yiq»li barcha smartfonlar uchun zo‘r ilova

Samsung kompaniyasi displeyi «teshik» smartfonlar uchun akkumulyator quvvatini ifodalashning zo‘r variantini taklif etdi. Ya’ni, ularda ekrandagi kamera «tirqish»i atrofida batareya indikatori aks etadi.

O‘QING: «JONLI» VIDEO: Galaxy S10 ekrani «tirqish»idagi old kamera ko‘p funksiyali LED-chiroq bilan o‘ralgan!

Endi esa ekrani tomchisimon «kemtik»li bo‘lgan barcha smartfonlar uchun ham shunga o‘xshash imkoniyat paydo bo‘ldi. Notch Pie nomli yangi ilova shunday displeyli qurilmalarning akkumulyator indikatorini old kamera «o‘yig‘i» atrofida – yarim doira shaklida aks ettiradi.

Bunaqa yechim yangi va qiziqarli bo‘lib, ishlab chiquvchi uni Xiaomi Redmi Note 7 Pro modelida tekshirib ko‘rgan. Lekin ushbu ilova tomchisimon «o‘yiq»li boshqa smartfonlarda, masalan – OnePlus 6T, Xiaomi Mi 9 (xarid qilish), Redmi Note 7 (sotib olish) kabilarda ham ishlashini aytmoqda.

Notch Pie dasturi bepul, ammo hozircha uni Google Play do‘koniga chiqarishmagan. Mazkur ilovani dasturchi XDA resursida e’lon qilgan, unga mana bu havola orqali o‘tasiz. Shu sahifada dasturni yuklab olish uchun, shuningdek, sinovchilarning Telegram-guruhiga o‘tish uchun havolalar berilgan.

O‘QING: Pomy – kompyuterda ishlashda ko‘zingizni asrovchi bepul dastur