phone (1) jonli videoda ko'rsatildi

phone (1) jonli videoda ko'rsatildi

Nothing kompaniyasi tez orada o'zining ilk smartfonini taqdim qiladi. Taqdimot sanasi yaqinlashar ekan, kecha londonlik kompaniya o'z muxlislariga phone (1) debyut telefonining to'liq orqa dizaynini ko'rsatdi. Xuddi, o'tgan yilgi ear (1) simsiz quloqchinlari kabi Nothing birinchi smartfoni ham shaffof dizaynga ega.

Das kann was nomli YouTube kanali Shveytsariyada o'tkazilgan Nothing smartfoni ko'rgazmasidan olingan videoni joyladi. Bo'lib o'tgan tadbir davomida phone (1) haqidagi ma'lumotlar ochiqlanmangan, shuningdek, hech kimga smartfonni ushlab ko'rish nasib qilmagan, chunki u muzeylardagi kabi to'rtburchak shisha quti ichida bo'lgan. Biroq, tadbirdan olingan videolar telefonga kechagi suratlardan ko'ra yaxshiroq qarash imkonini beradi.

Ko'rish mumkinki, phone (1) orqa paneli ajoyib, zamonaviy dizaynga ega va u shaffof oyna bilan yopilgan. Namoyish davomida qurilmaning kamera va simsiz quvvatlanish maydonini o'rab turgan va yana qo'shimcha ikki chiziq LED chiroqlari bilan yonishi ma'lum bo'ldi. Kompaniya telefonning bu xususiyatiga anchan beri ishora qilib kelayotgan edi. Afsuski, smartfonning pastki "jag'siz" bo'lishi aytilgan old tomoni hali ham ko'rsatilgani yo'q.

Nothing o'zining eng birinchi 100 ta smartfonini StockX bilan hamkorlikda sotishini ma'lum qildi. Telefonlar 1 dan 100 gacha bo'lgan sonlar bilan seriallashtirilib, qurilmaning o'ng yon tomon yuqorisiga uning nechanchi ekanligini yozib qo'yiladi va ular 21-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 18:00 dan, 23-iyunning 17:59 gacha ochiq bo'ladigan auksionda sotiladi.

O'QING: Nothing o'zining ilk smartfoni to'liq dizaynini ko'rsatdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.