Nubia Z18S emas, balki Nubia X: qo‘sh ekranli «alomat» smartfon kompaniyaning 6 yilligi sanasida taqdim etiladi

  •   DiMaX
  •  550
  •  09.10.2018 09:07

Nubia Z18S emas, balki Nubia X: qo‘sh ekranli «alomat» smartfon kompaniyaning 6 yilligi sanasida taqdim etiladi

ZTE korporatsiyasining sho‘’ba korxonasi Nubia Z18S smartfonini tayyorlaganligi haqida xabarlar berganmiz. Endi aniqlanishicha, bozorga u Nubia X nomi ostida taqdim etiladi.

O‘QING: ZTE Nubia Z18s: qo‘sh ekranli «alomat» smartfon TENAA’ga chiqdi, uni «jonli» videoda tomosha qiling!

Bu ma’lumotni Nubia kompaniyasi ijrochi direktori Ni Fey (Ni Fei) e’lon qilgan. Mazkur gadjetning taqdimoti shu yilning 31 oktyabrida – kompaniyaning olti yilligi nishonlanadigan sanada bo‘lib o‘tadi.

Nubia X smartfoni ikkita to‘laqonli ekran – diagonali 6,26 dyuymlik suyuq qristalli displey hamda 5,1 dyuymlik OLED-ekranga ega. Yakka kristalli Snapdragon 845 bilan ishlovchi ushbu devays tezkor xotira hajmi 8 gigabaytgacha, doimiy xotira hajmi esa 128 gigabaytgacha bo‘lgan variantlarda taklif etiladi.

«Alomat» smartfonning faqat bir tomonida kamera bo‘ladi; uyam juft modulli – 24 va 16 megapikselli datchiklardan iborat. Nubia X modelining 3800 mA/soatlik akkumulyatori tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega. Ushbu telefon Android 8.1 Oreo operatsion tizim talqini o‘rnatilgan holda chiqariladi.

O‘QING: ZTE Nubia flagmani: old kamerasi va ekran «kemtigi» yo‘q, ammo ekrani va barmoq izi skaneri ikkitadan!