Nukuslik o‘qituvchini nigeriyalik internet-firibgar 165 million so‘mga tushirdi

  •   DiMaX
  •  2277
  •  23.12.2019 12:49

Nukuslik o‘qituvchini nigeriyalik internet-firibgar 165 million so‘mga tushirdi

Internet rivojlangani sayin undan qing‘ir yo‘llarda foydalanuvchilar ham zamonaviylashib bormoqda.Biz internet-firibgarlarning ayrim hiylalari haqida bir necha xabarlar chiqarganmiz.

O‘QING: «Gruppaga odam qo‘sh va pul ishla»: internet-firibgarlarning yangi turidan saqlaning!

Postda.uz’ning xabar berishicha, Nukus shahridagi maktablardan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan G.P. ham xorijdagi firibgarlarning qarmog‘iga ilingan. U internet tarmog‘i orqali «Mark Robert» ismli shaxs bilan tanishib qoladi. Notanish shaxs unga AQShda joylashgan nufuzli kompaniyaga ishga kiritib qo‘yishini aytib, ishonchiga kiradi.

Sodda va ishonuvchan yurtdoshimiz iyun-avgust oylari mobaynida hujjatlar, viza, yo‘lkira va boshqa «xarajatlar» uchun jami 165 million 323 ming so‘m pul mablag‘ini xalqaro pul o‘tkazmalari orqali Nigeriya davlatidagi hisob raqamlariga o‘tkazib yuboradi. Tabiiyki, firibgar shu kunga qadar bergan «va’da»sining ustidan chiqmaydi.

Ayni paytda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, jinoyatni sodir etgan shaxsni aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan, deyiladi xabarda.

O‘QING: Internet-firibgarlar «oshiq» o‘smirlarni «ilintira» boshlashdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!