«Odnoklassniki» brendlar promo-aksiyalari bilan keshbek-servisni ishga tushirdi

  •   DiMaX
  •  901
  •  25.05.2018 13:46

«Odnoklassniki» brendlar promo-aksiyalari bilan keshbek-servisni ishga tushirdi

«Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i «Xizmatlar va kuponlar» bo‘limida yangi servisni taqdim etdi. Uning yordamida ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari brendlar promo-aksiyalarida va oflayn xaridlarda ishtirok etish uchun keshbek olishlari mumkin.

O‘QING: Odnoklassniki Xitoy tovarlarining internet-do‘konini ishga tushirdi

Bu OK tomonidan «performance retail» platformasida joriy etilgan birinchi jihozdir. Mukofot ijtimoiy tarmoqning ichki valyutasida to‘lanadi. Servisdan kompyuterda ham, smartfonda ham, shu jumladan, iOS va Android uchun OK mobil ilovalarida ham foydalanish mumkin.

Bu qanday ishlaydi?

Brendlar myTarget reklama platformasi yordamida foydalanuvchilar tasmasida keshbekli maxsus takliflarni e’lon qilishadi. Promopost aksiya tavsifini o‘z ichiga oladi: amal qilish muddatlari va xaridni amalga oshirish maydonchalari.

Foydalanuvchi qiziqarli aksiyani ko‘radi va uni o‘zining «Xizmatlar va kuponlar» bo‘limidagi shaxsiy kabinetida saqlaydi. Keyin u oflayn xaridni amalga oshiradi va chekdagi QR-kodni OK ilovasida skanerlaydi.

Bir sutka davomida chekning betakrorligi, ya’ni shu servisda avval qo‘llanmaganligi tekshiriladi, shuningdek, xarid sanasi, vaqti va joyi validatsiya qilinadi. Agar barcha ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa, foydalanuvchi «Odnoklassniki»da keshbekka ega bo‘ladi, uni stikerlar, o‘yinlar, va ijtimoiy tarmoqdagi boshqa xizmatlarga sarflashi mumkin. Mukofotning minimal miqdori 50 OKni tashkil etadi.

Samarasi qanaqa?

Tadqiqotlar bunday formatlarning samaradorligini tasdiqlaydi. Nielsen agentligining ma’lumotlariga binoan, 62% foydalanuvchilar promoaksiyalarga e’tibor qaratishadi, 33% esa shunga o‘xshash takliflarni maxsus ravishda izlashadi. Sberbank CIB oxirgi ma’lumotlariga qaraganda, 59% rossiyaliklar reklama takliflaridan foydalanishadi, 49% xaridorlar esa faqat promo-aksiyalar uchun do‘konlarga borishadi.

O‘QING: Odnoklassniki noyob kontent targ‘iboti tizimiga ega «Tavsiyalar» lentasini ishga tushirdi

«Odnoklassniki» servislarni izchillik bilan rivojlantirmoqda, ularning yordamida foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoq ichida sevgan brendlarining tovarlarini tanlashi va sotib olishlari mumkin. 2017 yilning oxirida «Odnoklassniki»da xizmatlar bo‘limi paydo bo‘ldi, undan ijtimoiy tarmoq ichida foydalanish mumkin. Bugun vitrinada kitoblar va kinoga biletlarni sotib olish, shifokor qabuliga yozilish va onlayn-maslahatlar olish, fitnes kurslariga yozilish va boshqa xizmatlardan foydalanish mumkin. Bu tufayli endi ijtimoiy tarmoqda foydalanuvchilar oflayn bajarishga odatlangan xizmatlar ham taqdim etiladi.

«Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i strategik mahsulotlarni rivojlantirish direktori Semen Boyarskiy bu haqda shunday deydi:

«Onlayn-reklama tufayli amalga oshirilgan xaridlarni kuzatish doimo marketologlarning orzusi bo‘lib kelgan, endi esa bu Rossiyada amalda joriy etilmoqda. Yangi jihoz yordamida brend endi faqat tovar, uni sotib olish va bonuslarni to‘lash shartlari haqida hikoya qilib bersa bas. Foydalanuvchi bunday taklifni tasmada ko‘radi, chekni skanirlash orqali saqlaydi va faollashtiradi, bunda minimum 50 OK’ga ega bo‘ladi. To‘lov faktini QR-kod tasdiqlaydi, mukofotni esa foydalanuvchi keyin stikerlar, o‘yinlar yoki ijtimoiy tarmoqning boshqa xizmatlariga sarflashi mumkin».

O‘QING: «Odnoklassniki» o‘ta foydali bir funksiya bilan kuchaytirildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!