«Odnoklassniki»da endi yuz kishi baravariga videokonferensiya qila oladi!

  •   DiMaX
  •  670
  •  15.08.2018 13:19

«Odnoklassniki»da endi yuz kishi baravariga videokonferensiya qila oladi!

Turli ommabop ilovalar o‘z foydalanuvchilari uchun guruhli audio- hamda videoqo‘ng‘iroq xizmatlarini taqdim etishga jiddiy kirishishgan. Jumladan, jahondagi eng katta auditoriyaga ega messenjerga yaqindagina shu funksiya joriy etilgandi.

O‘QING: WhatsApp’da guruh tarzidagi qo‘ng‘iroq va videoqo‘ng‘iroq ishga tushdi – ulardan qanday foydalanamiz?

Endi esa o‘zbekistonliklar keng foydalanib kelayotgan  «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i ham shunday servisni ishga tushirdi. Uning muloqot maydonchasida naq 100 nafargacha foydalanuvchi ishtirokida bir vaqtda audio- hamda videoqo‘ng‘iroq qilish mumkin!

Xabarga ko‘ra, mazkur tizim «sun’iy ong» vositalarini qo‘llaydi va aloqaning yuksak sifatda bo‘lishi ta’minlanadi.

«Qo‘ng‘iroq davomida videooqimlar suhbatdoshlar orasida ularning faolligidan kelib chiqib taqsimlanadi. Ayni paytda gapirayotgan kishidan kelayotgan video eng yuqori sifatda ko‘rsatiladi, boshqalariniki sal sustlashtiriladi va hokazo», deyishadi «Odnoklassniki» vakillari.

O‘QING: Odnoklassniki videoqo‘ng‘iroqlar uchun virtual niqoblarni ishga tushirdi

«Odnoklassniki»ning muloqot tizimi konferensiya ishtirokchilari soniga moslashish qobiliyatiga ham ega. Masalan, agarda ishtirokchilar juda ko‘p bo‘lsa, ular orasidan ayni damda faol bo‘lmaganlari ovozli qo‘ng‘iroq formatida ko‘rsatiladi. Nofaol suhbatdosh gapira boshlashi bilan ularning kamerasi olayotgan video ham boshqalarining ekraniga chiqadi.

Ayni damda ushbu yangi servis allaqachon «Odnoklassniki»ning veb-versiyasida, shuningdek Android hamda iOS ilovalarida ishlamoqda.

«Yaqin orada videoqo‘ng‘iroqlar chatlar bilan integratsiya qilinadi va suhbatdoshlar o‘zaro fayl, surat va video almasha oladigan bo‘lishadi. Muloqotlar foydalanuvchining barcha qurilmalarida avtomatik tarzda sinxronlashadi: masalan, siz suhbatni kompyuterda boshlab, smartfoningizda davom ettira olasiz», deyishadi kompaniya vakillari.

O‘QING: «Odnoklassniki» o‘ta foydali bir funksiya bilan kuchaytirildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!