Odnoklassniki foydalanuvchilar fotosuratlari reytingini ishga tushirdi

Odnoklassniki foydalanuvchilar fotosuratlari reytingini ishga tushirdi

Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ida yangi xizmat joriy etilib, ushbu xizmat orqali foydalanuvchilar do‘stlari sahifalarida o‘z profilining eng mashhur fotosuratlarini ko‘rishi mumkin. “Eng yaxshi fotosuratlar” xizmati foydalanuvchilarga hayotining yorqin damlarini eslashga va ularni yaqinlari bilan ulashishga yordam beradi, OKdagi mualliflar esa fotosuratlar reytinglari orqali obunachilariga qaysi kontent ko‘proq ma’qul kelganligini ko‘rishi mumkin.

Ayni paytda eng yaxshi fotosuratlar bo‘limi barcha foydalanuvchilarda OKning desktop versiyasidagi “Foto” xizmatida paydo bo‘ldi. Unda 2015 yildan boshlab eng mashhur suratlarni ham, yaqin kunlarda, oxirgi uch oy ichida yuklangan eng yaxshi fotosuratlarni ham ko‘rish mumkin. Fotosuratlar “Klass!” baholari soniga qarab saralanadi.

Ushbu yangi xizmat turi nafaqat o‘zining va do‘stlarning mashhur fotosuratlarini tomosha qilish imkonini beradi, balki OKdagi mualliflar uchun qulay vositaga ham aylanadi. Ushbu xizmat orqali obunachilar qaysi fotosuratlarga nisbatan o‘zining eng ko‘p fikrlarini qoldirishini bilib olish mumkin. Xizmatdan birinchilardan bo‘lib teleboshlovchilar Regina Todorenko va Janna Badoyevalar foydalandi. Masalan, Todorenko obunachilari o‘rtasida teleboshlovchi portretlari va uning Vlad Topalov bilan selfilari mashhur, Janna Badoyeva obunachilari esa teleboshlovchining va uning xonaki hayvonlari yorqin suratlariga yuzlab “Klass!” baholarini qo‘yadilar.

“Eng yaxshi fotosuratlar” xizmati sozlamalari profilda qo‘yilgan sozlamalarga o‘xshash. Masalan, agar foydalanuvchi albomlari omma uchun ochiq bo‘lsa, uning eng yaxshi fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqdagi barcha foydalanuvchilar ko‘rishi mumkin. Eng mashhur fotosuratlar reytingi yaqin orada yuklangan suratlar uchun uch kunda bir marta, barcha fotosuratlar joylashgan asosiy ilova uchun – haftada bir marta yangilanadi.

“Foto” xizmati Odnoklassnikida faol rivojlanib bormoqda. Yaqin kunlarda OKda fotosuratlarni e’lon qilishdan avval ularga stikerlarni ilova qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Yana bir yangilanish – profildagi fotosuratni emodziga o‘xshash suratga aylantirish imkoniyatidir. Yangi funksiyalar sharofati bilan foydalanuvchilar nafaqat do‘stlari va yaqinlari bilan esdalik fotosuratlarini ulashishi, balki ularni yorqin hissiyotlar va tasvirlar bilan to‘ldirishi ham mumkin.

O‘QING: Odnoklassniki mobil o‘yin ishlab chiqaruvchilariga 200 mln. rubldan ortiq summani to‘lab beradi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!