Odnoklassniki tavsiyalarning yangi tizimiga ega bo‘lgan musiqa servisini qayta ishga tushirdi

Odnoklassniki tavsiyalarning yangi tizimiga ega bo‘lgan musiqa servisini qayta ishga tushirdi

Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i barcha platformada: desktop va mobil versiyalarda, shuningdek OK iOS va Android ilovalardagi “Musiqa” servisini yangiladi. OK yangi servisi treklarni tavsiya etishning yaxshilangan texnologiyasiga, do‘stlarning  sevimli musiqalarini qo‘shish imkoniyatiga, shuningdek yangi dizayn va navigatsiyaga ega bo‘ldi. Endi foydalanuvchilar o‘zlarining qiziqishlari asosida shaxsiy musiqiy tavsiyalariga ega bo‘ladilar, ham ularning do‘stlari tavsiya etadigan treklarni eshitishlari mumkin – buning uchun alohida musiqa lentasi paydo bo‘ldi. 

Yangi servisda tavsiyalarning yaxshilangan mexanizmi muhim texnologiya bo‘ldi, bu texnologiya mashinada o‘qitish texnologiyasi asosida shakllantiriladi. Yangi algoritm foydalanuvchi ilgari eshitib kelgan musiqaga o‘xshash musiqani aniq topish imkonini beradi, treklar tavsifining katta miqdorini va foydalanuvchilarning ular bilan o‘zaro aloqa tiplarini tahlil qiladi. Masalan, treklarni uzunligi, sifati va yozuvning eshitilish darajasi bo‘yicha ajrata oladi. Shu tufayli yangi musiqa servisi OKdagi eshituvchilarga ancha turli-tuman kontent taklif etadi va ularning  qanday musiqani afzal ko‘rishlarini yuqori aniqlikda topadi.

Yaxshilangan algoritm ijtimoiy tarmoqlarning turli manbalaridagi audiofayllardan foydalanilishini baholaydi va olingan ma’lumotlar asosida  tinglovchiga shunga o‘xshash kompozitsiyalarni taklif etadi. Shu tufayli tavsiya etiladigan treklarni eshitish uch martaga oshdi. Foydalanuvchilar shuningdek, tavsiyalardan olingan treklarni o‘zlarining pleyvaraqlariga 10 marta ko‘proq qo‘shib qo‘ya boshladilar.

Yangi musiqiy vitrinada tavsiyalarning ikki turi paydo bo‘ldi: “Siz uchun ommabop“ bo‘limidagi bosh sahifada ijtimoiy tarmoqdagi foydalanuvchining musiqa eshitishlari asosida shaxsiy pleyvaraqa to‘plangan, “Mening musiqam” bo‘limida esa foydalanuvchi saqlab qo‘ygan qo‘shiqlar va albomlarga o‘xshash treklar tavsiya etiladi. Bundan tashqari,  «Mening musiqam”da  o‘zining pleyvaraqlarini yaratish, olingan treklar ro‘yxatini va eshitishlar tarixini ko‘rish mumkin.

OK da ilgari musiqa tinglamagan foydalanuvchilarga  tavsiyalarning yangi versiyasi ijtimoiy tarmoqning veb-versiyasida  o‘zining sevimli ijrochilarini tanlashni taklif etadi va shu asosda “Siz uchun” bo‘limini shakllantiradi.

Endi OKdagi «Musiqa» veb-versiyasida shuningdek “Yangilanish” bo‘limida do‘stlarning musiqiy lentasidan ham foydalanish mumkin.   Blokda do‘stlarning musiqa bilan amalga oshirgan barcha harakatlari jamlangan. Masalan, lentada do‘stlarning nafaqat “Mening musiqam” bo‘limiga qo‘shgan yoki baholagan kompozitsiyalari, balki musiqa treklari devoridagi yozuvlari ham aks etadi.“Yangilanish” bo‘limi shuningdek foydalanuvchiga sevimli artistining musiqiy yangiliklarini kuzatib borishga yordam beradi: agar foydalanuvchi ijrochiga a’zo bo‘lgan bo‘lsa uning kompozitsiyalari ham bo‘limda aks etadi. 

Bundan tashqari, yangilangan musiqa servisida yangi relizlarni olg‘a siljitish instrumentlari paydo bo‘ldi: vitrinadagi alohida promo-blok yordamida foydalanuvchilar Rossiya va xorij artistlarining yangi musiqalari va eng dolzarb treklari to‘g‘risida bilib olishlari mumkin bo‘ladi. Tavsiyalarning yaxshilangan algoritmlari tufayli musiqachilarning yangi relizlari darhol yangi auditoriyaga ega bo‘ladi. 

Yangi musiqa servisining dizayni yorqin ranglarda bajarilgan, lekin kechki va tungi vaqtlarda foydalanish qulay bo‘lishi uchun tinglovchilar ijtimoiy tarmoqning barcha musiqiy bo‘limlaridagi foydalanish mumkin bo‘lgan to‘q rangli mavzularni ishga tushirishi mumkin.

O‘QING: Telegram’da «Jihodchilar» ma’ruzalarini tarqatgan qo‘qonlik yigitga jazo tayinlandi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!