Ofarin! Huawei liderga aylandi

  •   Saroy
  •  1475
  •  28.06.2018 10:04

Ofarin! Huawei liderga aylandi

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Rossiya smartfonlar bozorida birinchilikni qo‘ldan boy bermoqda. Endi Xitoy kompaniyasi –  Huawei’ning davri keldi, chamasi.  «Vedomosti» nashri savdo tarmoqlari vakillarining biri yetkazgan ma’lumotlarga tayanib ana shu haqda yozmoqda.

Xabarda jumladan, shunday deyiladi, – O‘tgan uch hafta davomida, ya’ni  28 maydan 17 iyungacha bo‘lgan vaqtda Huawei ulushi smartfonlar soni bo‘yicha 23,8, 24,2 va 26,5 foizlarni tashkil etgan. Xuddi shu vaqt mobaynida esa Samsung kompaniyasining ko‘rsatkichi tegishlicha 22, 23 va  23,2 foiz bo‘lgan.

O‘QING: «Jonli» foto: Huawei Mate 20 kamida to‘rtta kamerali bo‘ladi!

Xabarda ta’kidlanishicha,  21 maydan 27 maygacha koreyalik ishlab chiqaruvchilar 22,6 foizlik ko‘rsatkich bilan Rossiya smartfonlar bozorida lider bo‘lib turgandi. Bu vaqtda Huawei va uning subbrendi Honor  bozorning 21,3 foizini egallab kelayotgandi. Shunisi qiziqqi, shu yilning fevral oyida  Huawei smartfonlar savdosi bo‘yicha  Apple kompaniyasini ham quvib o‘tgandi. Mana endi Samsung ham ortda qolyapti, qoyil!

Mobile Research Group tahlilchisi Eldar Murtazin «Vedomosti» nashriga intervyu berar ekan,  Samsung 10 yil davomida ilk bor liderlikni qo‘ldan boy berganini tasdiqlagan. Uning fikricha, bu modellar qatorining muvofiqlashtirilishi natijasida ro‘y berdi. Masalan,   Koreya kompaniyasining 10 mingdan to 15 ming rublgacha bo‘lgan modellar  qatori Huawei’nikidan farqli ularoq, oz taqdim etilgan.

O‘QING: Malayziyada smartfon portlashi fojeaga olib keldi

Shuningdek, «Vedomosti» nashri Acer’ning Rossiya mintaqasi bo‘yicha  bosh direktori Dmitriya Kravchenkoning fikrini ham keltiradi. Unda aytilishicha, hozirda bozor ulushida birinchi navbatda narx asosiy ahamiyat kasb etadi. Rossiya bozoridagi ulushini oshirmoqchi bo‘lgan kompaniya birinchi navbatda arzonroq, lekin  yaxshi tavsifli hamda chiroyli dizaynli, va nihoyat raqib kompaniyalarning xuddi shu toifadagi smartfonlaridan arzon bo‘lgan smartfonlarni taklif etsagina xaridorlar ko‘nglidan chiqqan bo‘ladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!