O‘gay otaning qotilligini aniqlashda Fitbit smart-bilaguzugi yordam berdi

  •   DiMaX
  •  608
  •  06.10.2018 18:20

O‘gay otaning qotilligini aniqlashda Fitbit smart-bilaguzugi yordam berdi

Zamonaviy gadjetlar o‘z funksiyalarini bajarishdan tashqari, boshqa masalalarda ham kishilarga yordam berayotgani haqida eshitib qolamiz. Shunday holatlardan biri o‘tgan oyda AQShning San-Xose shahrida yuz berdi.

O‘QING: Detektiv serialdan «ilhomlangan» qotil smartfon yordamida fosh etildi

Xabarga ko‘ra, 67 yoshli Karen Navarra ismli ayolning uyiga o‘gay otasi – 90 yashar Entoni Eyello kelib ketgan. Oradan besh kun o‘tgach, ayolning uyidan jasadi topilgan.

Tabiiyki, birinchi raqamli gumondor o‘gay ota bo‘lgan. Ammo u o‘shanda Karenga pitssa va pechene olib kelgani va 15 daqiqadan so‘ng chiqib ketganini, o‘gay qizi minnatdor bo‘lib, ungi ikkita atirgul berib yuborganini aytgan. «Shuningdek, keyinroq – o‘sha kuni kechqurun Karen mening uyim oldidan o‘z mashinasida o‘tib ketdi va yolg‘iz emas edi», degan ham.

Tergovchilar shunda marhumaning qo‘lidagi Fitbit «aqlli» brasletiga e’tibor berishadi. Uni tekshirib, egasining tomir urishlari tarixini kuzatishganida, hammasi oydinlashadi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha kuni ayolning tomir urishi birdaniga tezlashgan, 15 daqiqadan keyin esa yuragi to‘xtagan. Tashqi kuzatuv videokameralaridagi yozuvga ko‘ra, bu vaqt mobaynida Entoni Eyello uning uyida bo‘lgan. Shularni ko‘rsatib, «aqlli» gadjetning imkoniyatlarini tushuntirib berishgach, qotil o‘gay ota aybini bo‘yniga olishga majbur bo‘lgan.

O‘QING: Qaynonasini o‘ldirgan kelinni Apple Watch fosh etdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!