Ogoh bo‘ling: Google Play'dan 100M+ yuklangan ilova virus tarqatmoqda!

Ogoh bo‘ling: Google Play'dan 100M+ yuklangan ilova virus tarqatmoqda!

2010 yildan buyon mavjud bo‘lgan CamScanner ilovasi yaqin fursatlardan buyon foydalanuvchilar qurilmasiga virus olib kelishni boshladi. 

PDF yaratuvchi keng ommalashgan ushbu ilova, yuklab olingan qurilmalarga o‘zi bilan zararli dastur olib kelayotganidan xabar topgan Google uni Play Store'dan o‘chirib yubordi. 

Shanxayda joylashgan CC Intelligence kompaniyasi yaratgan CamScanner ilk marotaba 2010 yilda Play Store'ga chiqarilgandan buyon hozirga qadar 100 milliondan ko‘proq marotaba yuklab olingandi. 

Dasturni yaratgan kompaniya optik belgi tanish (OCR) texnologiyasiga ixtisoslashgan. OCR funksiyasiga ega CamScanner ilovasidan tashqari, CC Intelligence biznes kartalari matnlarini o‘quvchi CamCard va CamCard for Salesforce ilovalarini ham sotadi.

Kompaniyaga CamScanner'dan mablag‘ ichki xaridlar va reklamalar orqali kelardi. Biroq, rus antivirus firmasi Kaspersky'dagi mutaxassislarning aniqlashicha, ilovaning yangi versiyasidagi reklamalar kutubxonasida Android qurilmalarini zararlovchi dastur bo‘lgan. Yana ta’kidlanishicha, zararli kod foydalanuvchiga o‘ta halal beruvchi reklamalar ko‘rsatishi va ularni o‘zlari ham bexabar bo‘lgani holda pulli obunalarga a’zo qilib qo‘yishi mumkin. Kaspersky iddao qilayotgan bu virusga xakerlar serveriga ulanib, qo‘shimcha kod yuklab olish va CamScanner ilovasi mavjud Andorid devaysiga mana shu kodni qo‘llash buyrug‘i berilgan. 

Ayni damda, CamScanner Google Play Store'da mavjud emas, biroq uning iOS versiyasi Apple'ning App Store'ida hali ham bor. 

Ilova yaratuvchilari o‘zlari ham bilmagan holda zararli kontentga ega reklama kutubxonasidan foydalangani bu vaziyatga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bunday hollar hozirda boshqa ilovalar bilan ham ko‘plab uchrab turibdi.

Masalan, BeiTaPlugin nomli reklama kutubxonalaridan biri yaqin fursatlargacha 238 ta ilovaga reklama ta’minlab kelayotgandi. Biroq unda ham “Troya oti“ mavjudligi aniqlangach, yuqoridagi 238 ta ilova Google Play'dan olib tashlandi. Bu virusdan 440 million foydalanuvchi zarar ko‘rgan. Shuningdek, Google mana shu kutubxonadan foydalanishini yashirishga uringan xitoylik dasturchilarning 60 ta ilovasini ham olib tashladi.

O‘QING: Antivirusning keragi yo‘q: beshta bepul onlayn skaner

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.