Ogoh bo‘ling: har qanday kompyuterni ishdan chiqaruvchi fayl-bomba yaratishdi!

  •   DiMaX
  •  609
  •  13.07.2019 12:46

Ogoh bo‘ling: har qanday kompyuterni ishdan chiqaruvchi fayl-bomba yaratishdi!

Fayllarni arxivlab qo‘yishni yaxshi o‘ylab topishgan: kam joy oladi, internetga yuklash yo undan ko‘chirib olishda trafik va vaqt kam sarflanadi. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz – arxivdagi faylni yoyganda, hajmi necha baravargacha kengayishi mumkin?

O‘QING: Share Files – o‘zaro fayl almashishning eng qulay va tezkor yo‘li

Devid Fifild (David Fifield) ismli dasturchi shunaqa antiqa zip-bomba yaratdi: arxivning hajmi atigi 46 megabayt, ammo yoyilganida u naq 4,5 petabaytlik fayllar jamlanmasiga aylanadi! Ma’lumot uchun: 1 petabayt degani – naq million gigabayt yoki ming terabaytga teng o‘lchov birligidir.

Mazkur fayl-bombani arxivdan chiqarish jarayonida protsessor misli ko‘rilmagan darajada zo‘riqadi. Natijada kompyuter qotib qoladi, qizib ketadi va o‘chib qoladi. 4,5 petabaytlik fayl hech qanaqa disk xotirasiga sig‘masligini hisobga olsak, u har qanday kompyuterni ham ishdan chiqaradi.

Dasturchining so‘zlariga ko‘ra, u fayllarni 28 million karra siqishga muvaffaq bo‘lgan. Bunda arxiv ichida fayl hajmi uncha katta bo‘lmaydi, ammo yoyish jarayonida ularning hajmi har bir bosqichda geometrik progressiya tarzida oshib boradi.

Devid Fifild ushbu zip-bombani faqat tanishtiruv maqsadlarida yaratganligini ta’kidlagan. Biroq xakerlar, yovuz niyatli kishilar biror tizimni ishdan chiqarish uchun odatda shunaqa zip-arxivlarni qo‘llashadi.

O‘QING: Shrink Me – surat sifatini saqlagancha hajmini kichraytirib beruvchi bepul servis!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!