Olimlar haqiqiy daholikning alomatlarini oshkor etishdi

  •   Saroy
  •  1651
  •  17.08.2018 10:52

Olimlar haqiqiy daholikning alomatlarini oshkor etishdi

Olimlar nihoyat dahoni oddiy odamdan qanday ajratish mumkin, degan savolga javob topishdi. Taklif etilayotgan usul intellektni hech qanday test sinovlarisiz bilish mumkinligini isbotladi. Uni o‘lchash uchun ruhshunoslar bo‘lajak dahoning hayot tarzini ko‘rib chiqsa yetarli bo‘ladi, degan fikrni bildirishdi. Xo‘sh, iqtidor egasining o‘ziga xosligi nimada?

Agar siz kam uxlasangiz, to‘g‘ri kelgan vaqtda uxlagani yotsangiz va rejimga mutlaqo amal qilmasangiz, – bu daholik alomatlarining biri sanaladi, deydi olimlar. Bu gapda jon bor, albatta. Chunki, ijodkor odamlarning isyonkor aqli vaqtga rioya qiladigan va boshqa shunga o‘xshash rejimlarni tan olmaydi. Ular o‘zlaricha yashab, mustaqil hayotni ma’qul ko‘rishadi.

O‘QING:Yuqori texnologiya qurbonlari: robotlar, smartfonlar, videoo‘yinlar

Iqtidorning yana bir alomati olimlarning fikricha,  uning uyidagi tartibsizliklardir. O‘zi tashkil etgan tartibsizliklar dahoning hayot kechirishiga mos muhit hisoblanadi. Uyni tartibga keltirish uchun esa ularda vaqt topilmaydi. Aniqroq qilib aytganda, u bunday arzimagan ishlarga qimmatli vaqtlarini sarf qilib o‘tirmaydi.

O‘QING:Loyiq kelmadimi? Ilk «aqlli» kiyim-kechak do‘koni, sun’iy ong ham shu yerda

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!