Olimlar okeanlar hayotining o‘zgarishiga nima sabab bo‘lishini aniqladilar

  •   Saroy
  •  2318
  •  25.07.2018 16:54

Olimlar okeanlar  hayotining o‘zgarishiga nima sabab bo‘lishini aniqladilar

Okeanlarning kislota bilan to‘yinish darajasi million yillar davomida muttasil ortib bormoqda va tez vaqtlarda rekord darajaga yetadi.

2100 yilga kelib okean suvlarining pH ko‘rsatkichi 7,8 belgisidan oshib o‘tadi. Olimlar kislotaning so‘nggi 22 million yilgi o‘zgarishini modellashtirib, xulosa chiqarishicha, bu tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bunday o‘zgarishning asosiy sababi havoda is gazi konsentratsiyasining oshib ketishi bo‘lib, u suvda faol eriydi va ko‘mir kislotasiga aylanadi, natijada kislota darajasini oshirib yuboradi.

O‘QING:Bill Geyts: «Dunyoni bioterror xavfi kutmoqda!»

Vaqealarning bunday rivojlanishi baliqlar va boshqa dingiz jonivorlarining qirilib ketishiga sabab bo‘ladi. Kislotaning ortib borishi, ayniqsa marjon qoyalarni yemiradi.  Avstraliya sohillaridagi Katta Marjon qoyalari  pH’ning ortib ketishi natijasida butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.  U bilan birga shu yerda yashayotgan va ko‘payishda davom etayotgan yana 1500 turdagi baliqlar  ham halok bo‘ladi. Bundan tashqari, pH’ning ortib borishi  ko‘plab ovlanadigan baliqlarning ko‘payishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Suvda kislotaning ortib ketishi baliqlarning hid bilish tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va ular yirtqichlar uchun oson o‘ljaga aylanadi.

O‘QING:Okeanbo‘yi mamlakatlar suv ostida qoladimi?

Ammo, ayrim olimlarning fikricha, vahima qilishga asos yo‘q. Ularning ta’kidlashicha. dengiz jonivorlarining bir qismi yangi sharoitga moslashib oladilar. Ehtimol, juda nimjon jonivorlar ham, jumladan o‘sha marjonlar ham  ana shunday sharoitga moslashib olar, deyiladi ushbu xabarda.

O‘QING:Yaqin yillarda insoniyat Internetsiz qolishi mumkin

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.