Omad chopmadi: Sharp Xitoy smartfonlar bozorini tark etmoqchi

  •   Saroy
  •  767
  •  21.07.2018 10:41

Omad chopmadi: Sharp Xitoy smartfonlar  bozorini tark etmoqchi

Foxconn kompaniyasidagilar avval boshda Sharp kompaniyasi aksiyalari nazorat paketini sotib olish bilan birga, dunyoga mashhur, o‘zini o‘zi sota oladigan brendga ham ega bo‘ldik, deb o‘ylashgandi. Shu bois, 2017 yil mayda Yaponiya markasining smartfonlari Xitoyga qaytdi, biroq kompaniya smartfonlari mahalliy xaridorlarda unchalik  qiziqish uyg‘otmadi. Kompaniya bir yildan ko‘proq sabr qildi, lekin baribir hech narsa o‘zgarmadi. Chamasi, barchasi Sharp’ning Xitoy bozoridan ketishi bilan tugaydiganga o‘xshaydi.

17 iyulda qariyb bir million  abanentga ega rasmiy Weibo-akkaunt Sharp Mobile barcha maqolalarini olib tashladi. Shuning barobarida, kompaniyaning  mobil bo‘limi rahbari  Luo Jonjen ham egallab turgan mansabi haqidagi ma’lumotni sahifasidan olib tashlagan. Uning so‘nggi xabari hali anonsi e’lon qilinmagan Sharp Aquos V1 smartfoni haqida bo‘lib, 30 iyunda nashr qilingan edi. Aftidan, bo‘lib o‘tgan so‘nggi voqelar ushbu gadjetning bozor ko‘rishiga ham salbiy ta’sir etadigan ko‘rinadi.

O‘QING:Sharp Aquos S3: taqdimot kuni va jihatlar aniq!

Sharp bo‘lib o‘tayotgan voqealar bo‘yicha hozircha hech qanday rasmiy bayonot bermayapti. So‘nggi oylari Xitoy internet-do‘konlari  Sharp Aquos S2 smartfonlarini taxminan 160 dollardan sotgan, aslida ushbu apparat sotuvga start berilgan chog‘lari 370 dollar turardi. Ko‘rinib turibdiki, savdo yaxshi bo‘lmagan.

Yaqin orada kompaniya Yevropa bozoriga yurish qilmoqchi, biroq ekspertlarning ta’kidlashicha Sharp Aquos C10 va B10  smartfonlari uchun belgilangan narxlar ham biroz oshirib yuborilgandek.

O‘QING:Nozikta’b yaponlar ko‘p xarid qilayotgan 2 smartfon modeli

 

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!