Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (53-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (53-hafta)

Yangi yil boshlanar ekan, yangi smartfon bizning reytingimizda yetakchilik qilmoqda. Xiaomi Mi 11 smartfoni birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ikkinchi pog‘ona esa chartimizning doimiy va eng ommabop vakili — Galaxy A51'ga nasib qildi. Top uchlikka esa Redmi Note 9 Pro yakun yasadi.

Bu bilan Apple iPhone 12 Pro Max to‘rtinchi o‘ringa tushib qoldi. Yana bir yangi qurilma — vivo X60 Pro qoq markazni band etgan bo‘lsa, oltinchilikka Poco X3 NFC o‘z nomini yozdirdi.

Samsung Galaxy A12 reytingga qaytib, yettinchilikni egalladi, Galaxy S21 Ultra esa sakkizinchi o‘ringa tushib ketdi. Taqdim qilinganidan keyin flagman yana top o‘rinlarni egallashini kutsak bo‘ladi.

Xiaomi Mi 10T Pro ikki o‘rin pastlab, to‘qqizinchiga tushib qoldi. Yilning ilk reytingiga esa Galaxy A21s yakun yasadi.

Shunday qilib, Redmi Note 9 Pro 5G, Poco M3 va  Galaxy A71ʼlar bilan xayrlashdik.

Hisob-kitobimizga ko‘ra, birinchi haftadagi reytingimiz Xiaomi'ning 4 ta, Samsung'ning 4 ta, Apple'ning 1 ta va vivo'ning 1 ta smartfonidan tarkib topdi.

Xiaomi Mi 11
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Apple iPhone 12 Pro Max
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
vivo X60 Pro 5G
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Poco X3 NFC
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Samsung Galaxy A12
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy S21 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Mi 10T Pro 5G
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Samsung Galaxy A21s
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 9

O‘QING: 2020 yilning eng ommabop 20 smartfoni

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.