O‘n yashar bola iPhone X himoyasini buza oldi!

  •   DiMaX
  •  3232
  •  15.11.2017 14:23

O‘n yashar bola iPhone X himoyasini buza oldi!

Amerikalik Atoulloh Malik (Attaullah Malik) o‘n yashar o‘g‘li onasining iPhone X smartfonining himoyasini Face ID orqali ochib kira olishini payqab qoldi. U mazkur jarayonni videotasvirga olib, o‘zining YouTube-kanaliga joyladi.

Aytish kerakki, smartfonning Face ID tizimi blokirovkani onaning yuzi orqali ochishga sozlangan. Ammo uning farzandi ham o‘z yuzi vositasida bu tizimni aldab ocha olyapti. Mana, o‘zingiz bir ko‘ring-da:

Shunisi ham borki, bola otasining smartfonidagi Face ID’ni bu tariqa ocha olmas ekan. U onasining ayfoni orqali onlayn xaridlarni amalga oshirishidan va yozishmalarni o‘qishidan ota-ona xavotir olishmoqda. Shunga qaramasdan, ular Face ID tizimini o‘chirib qo‘yishni ham istashmayapti.

O‘QING: «Yubiley ayfoni»dagi xatoni ham Apple rasman tan oldi!

Ta’kidlash kerakki, 13 yoshdan kichik bolalarning yuz bichimlari to‘liq shakllanib ulgurmaganligi bois, ularning yuzlarini tanishda Face ID funksiyasi adashishi mumkinligini Apple tan olgan edi.

Shuningdek, yaqindagina Vetnamdagi Bkav Corporation kompaniyasi «yubiley ayfoni»ning Face ID yuzni tanish tizimini 3D-niqob yordamida aldashga muvaffaq bo‘lgan edi.

O‘QING: iPhone X'ning O‘zbekistondagi narx-navosi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!