O‘n yillikning eng muhim yuzta gadjeti reytingi: yetakchi – salkam o‘n yillik smartfon!

  •   DiMaX
  •  1536
  •  12.12.2019 13:21

O‘n yillikning eng muhim yuzta gadjeti reytingi: yetakchi – salkam o‘n yillik smartfon!

The Verge nashri yil yakunida nafaqat 2019 yilning o‘zi, balki o‘n yillik bo‘yicha ham ayrim natijalarni e’lon qildi. Shu jumladan, oxirgi o‘n yilda paydo bo‘lgan, insoniyat uchun muhim ahamiyat kasb etgan devayslarning yuztalik reytingini chiqardi.

O‘QING: O‘n yillikning eng zo‘r o‘yinlari ikkita reytingda!

The Verge talqiniga ko‘ra, yakuniga yetayotgan dekadaning eng muhim gadjeti – 2010 yilda chiqqan iPhone 4 smartfoni ekan. Tahlilchilar bu qurilmaning yetakchiligiga sabab qilib bir nechta omillarni keltirishgan.

Jumladan, uning dizayni kelajakda smartfonlar qanday bo‘lishini belgilab bergan. Shuningdek, aynan iPhone 4 bozordagi ilk yuksak aniqlikdagi ekranga ega bo‘lgan. Apple smartfonlarida old kamera ushbu modeldan qo‘llana boshlagan va uning bosh kamerasi ham yuqori sifatli.

Ikkinchi o‘ringa Amazon Echo «aqlli» kolonkasini loyiq ko‘rishgan: u nafaqat yangi yo‘nalishga asos solgan, balki ovozli yordamchilarning taraqqiyotiga katta turtki bergan. Kuchli uchlikni 2013 yilgi MacBook Air noutbuki yakunlab bergan – u o‘z davri uchun betakror mobil shaxsiy kompyuterdir.

O‘QING: 12 yillik barcha iPhone’lar narxlarini bitta ro‘yxatda taqqoslaymiz!

Eng muhim qurilmalarning TOP-o‘ntaligi quyidagicha:

  1. iPhone 4;
  2. Amazon Echo;
  3. MacBook Air;
  4. Samsung Galaxy S6;
  5. Tesla Model S;
  6. Apple AirPods;
  7. Apple Watch Series 3;
  8. Microsoft Surface Pro 3;
  9. Sony PlayStation 4;
  10. Google Pixel 2.

Yuztalik reytingda, shuningdek, Apple iPad Air 2 (11-o‘rin), Nintendo Switch konsoli (15-o‘rin), DJI Phantom (23-o‘rin), Raspberry Pi (32-o‘rin), GeForce GTX 1070 (42-o‘rin), selfi-tayoqcha (58-o‘rin), spinner (87-o‘rin) va Google Glass (100-o‘rin) ham bor.

O‘QING: Google'dan bu yil eng ko‘p nimalarni so‘rashdi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!