OnePlus 6 smartfonida muammo: ekran chirog‘i miltillab yonib qolmoqda

  •   Saroy
  •  1146
  •  31.07.2018 11:08

OnePlus 6 smartfonida muammo:  ekran chirog‘i miltillab yonib qolmoqda

Muammo oxirgi proshivkada paydo bo‘lgan va u dasturiy xarakterga ega. Demak, OnePlus dasturchilari  uni tezda tuzatsa bo‘ladi.

Reddit foydalanuvchilari ta’kidlashicha hamda kompaniyaning rasmiy forumida qayd etilishicha, quyoshli kunlarda OnePlus 6  yavtoyorqinlik qo‘shilgan paytda odamning asabiga tegadigan darajada milt-milt yonib o‘cha boshlaydi. Chiroqning o‘chib yonishi har doim 95 foiz va 100 foiz oralig‘ida smartfon sal qimirlab ketsa boshlanib ketadi, avval bunaqasi kuzatilmagandi. Bunga sabab yoritish datchigining haddan ortiq sezgirligi bo‘lishi mumkin, deyilmoqda.

O‘QING:Shishali OnePlus 6 flagmani darz keta boshladi

Ekran OxygenOS 5.1.8 gacha yangilangandan keyin o‘zini g‘alati tuta boshladi. Yaqinda chiqqan  OxygenOS 5.1.9 proshivkasi kamera va  Wi-Fi ishini ancha yaxshiladi, lekin avtoyorqinlik bilan bog‘liq muammoni bartaraf eta olmadi.

OnePlus ushbu xato haqida xabardor qilingan va kompaniya ba’zi forumchan log so‘ralgan. Hozircha esa patch chiqqani yo‘q, foydalanuvchilar esa ekran yorqinligini vaqtinchalik  qo‘lda to‘g‘rilash mumkin.

O‘QING:6 oy o‘tdi: Yilning eng yaxshi smartfonlarini aniqlaymiz

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!