OnePlus 6 taqdimotdan avval iPhone X va OnePlus 5T bilan «jonli» suratlarda solishtirildi

  •   DiMaX
  •  882
  •  04.05.2018 12:02

OnePlus 6 taqdimotdan avval iPhone X va OnePlus 5T bilan «jonli» suratlarda solishtirildi

Amaliy samaradorlik bo‘yicha 2017 yilning eng kuchli smartfonini taqdim etgan xitoylik kompaniya o‘zining navbatdagi flagmani – OnePlus 6 smartfonini tayyorlab bo‘lgan. Biz ham uning xususiyatlari borasidagi ma’lumotlarni va suratlarini e’lon qilganmiz.

O‘QING: «Aslo qotmaydigan» OnePlus 6 flagmanini yoqiq holida «jonli» ko‘rsatishdi

Rasmiy taqdimotiga ikki hafta vaqt qolganida, insayderlar OnePlus 6 smartfonining bir nechta «jonli» suratlarini internetga chiqarib yubordi.

Mana, quyidagi suratda OnePlus 6 flagmani (chapda) kupertinolikning iPhone X modeli (o‘ngda) bilan solishtirilgan:

Navbatdagi rasmda esa kompaniyaning yangi flagmani uning o‘tgan yilgi modeli –  OnePlus 5T bilan yonma-yon ko‘rsatilgan:

O‘QING: KUTILMAGAN VIDEO: Samsung Galaxy S9+ o‘tgan yilgi xitoylik flagmanga mag‘lub bo‘ldi!

OnePlus 6 jamlanmasi quyidagicha bo‘lishi kutilayotir:

Bu modelda quloqchinlar uchun 3.5 millimetrlik tirqish saqlanib qoladi:

Aytib o‘tish kerakki, OnePlus 6 rasmiy namoyishi 16 may sanasiga belgilangan.

O‘QING: Hali taqdim etilmagan OnePlus 6 smartfonini mutlaqo tekinga olasizmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!