OnePlus 6T: flagman barmoq izlari skaneri bilan ta’minlanadi

  •   Saroy
  •  633
  •  11.09.2018 12:08

OnePlus 6T: flagman barmoq izlari skaneri bilan ta’minlanadi

Xitoyning OnePlus kompaniyasi yiliga ikkita flagman chiqarish an’anasini davom ettirmoqda. Shu yil may oyida OnePlus 6 taqdim etilgan edi, shu sababli yaqin orada navbatdagi 6T modeli anonsi uyushtirilishi kutilmoqda. CNET resursining xabar qilishicha, taqdimot 17 oktyabrda bo‘lib o‘tishi kerak.

OnePlus vakillarining tasdiqlashicha,  OnePlus 6T modelining eng muhim “yangiligi”, bu displeyning pastki qismiga o‘rnatilgan barmoq izlari skaneri bo‘ladi. Bu albatta, mantiqiy qadamdir, chunki  OnePlus  BBK konserniga qaraydi, Ushbu konsernga Vivo bilan Oppo kompaniyalari ham qaraydi. Ularning bunday skanerga ega bo‘lgani samartfonlari allaqachon mavjud.

O‘QING:TOP-10: Dunyodagi eng tezkor Android-smartfonlar (AnTuTu talqini, 2018 yil, sentyabr)

Gap-so‘zlarga qaraganda, yangi OnePlus smartfoni Oppo R17 Pro’ga o‘xshaydi. Ekranida katta soyabon bo‘lmaydi, uning o‘rnini suv tomchisidek tirqish egallaydi. Yangi texnologiya tufayli barmoq izlari skanerini OnePlus 6T’ning ichki konstruksiyasiga joylashtirishga to‘g‘ri keldi, shu sababli u avvalgisiga qaraganda ozgina qalinroq bo‘ladi.

Smartfon 6,4-dyuymli Full HD+ formatli  AMOLED-displeyi bilan jihozlangan. Shuningdek, qurilma 6/8 GB OZU bo‘lgan Snapdragon 845 protsessori va uchtalik kamera bilan ham ta’minlanadi. Apparatning qolgan jihatlari hali oshkor etilgani yo‘q. Ammo,  narxi haqida ma’lumot bor — taxminan 550 dollar atrofida. Yangi flagmanlar uchun narxni oshirib borish an’anasi davom ettirilmoqda.

O‘QING:OnePlus 6T: flagmanning dizayni va tavsifi oshkor bo‘ldi

 

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.