OnePlus 6T: flagmanning dizayni va tavsifi oshkor bo‘ldi

  •   Saroy
  •  851
  •  05.09.2018 14:03

OnePlus 6T: flagmanning dizayni va tavsifi oshkor bo‘ldi

Yaqinda Oppo “tomchi” ko‘rinishadigi qirqmasi va Gorilla Glass 6 bilan yangi R17 smartfonini namoyish qildi. Shuningdek, smartfonning shunday qirqmadagi  Pro versiyasi ham chiqdi. U ekranda barmoq izlari skaneri, orqa panelda uchta kamera va 3D-tanish (TOF) texnologiyasiga ega. So‘nggi tarqalgan xabarda aytilishicha, aynan ushbu R17 modifikatsiya  OnePlus 6T (ikkala kompaniya ham bitta ishlab chiqaruvchiga qaraydi) uchun asos bo‘ladi.

Smartfon qutisining rasmiga qarab baho beradigan bo‘lsak, qurilma xuddi R17 Pro versiyasidagidek  tomchi ko‘rinishidagi qirqma va barmoq izlari skaneriga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, OnePlus 6T  300 000 nuqtani taniy oladigan tizimga ega kamera bilan jihozlanishi mumkin. Bu iPhone X’dagidan 10 barobarga ko‘p, 12-megapikselli asosiy kamera esa Galaxy S9’dagiga o‘xshab o‘zgarib turadigan aperturaga ega.

O‘QING:5G-poyga: OnePlus 7 taqdimot sanasi rasman aytildi

Xullas, Oppo R17 Pro tavsifini asos qilib oladigan bo‘lsak,  OnePlus 6T ham quyidagilarga ega bo‘ladi:

  • 6,4-dyuymli OLED-displey 1080x2340 formati bilan.
  • Snapdragon 845 chipi 8 GB tezkor xotirasi va 128 GB ichki xotirasi bilan
  • Asosiy kamera 12 Mp o‘zgarib turuvchi f / 1,5-f / 2,4 aperturasi + 20-megapikselli ikkilamchi  kamera + TOF 3D-stereokamera
  • 25-megapikselli old kamera datchigi sun’iy intellekti bilan
  • Ikkibo‘lmali akkumulyator

O‘QING:OPPO R17 Pro taqdim etildi: uch modulli kamera, o‘ta tez quvvatlanuvchi ikkita akkumulyator va datchikli ekran!

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!