OnePlus 6T: ishlash qobiliyati testdan o‘tkazildi va barchasi ayon bo‘ldi

  •   Saroy
  •  913
  •  24.10.2018 17:23

OnePlus 6T: ishlash qobiliyati testdan o‘tkazildi va barchasi ayon bo‘ldi

Yangi qurilma 29 oktyabrda Nyu-Yorkda namoyish qilinishi kerak edi, lekin Apple iPad Pro anonsi bilan tuqnash kelmasligi uchun tadbir bir kunga surildi.   Smartfonning ekranida barmoq izlari skaneri o‘rnatilishi bizga ma’lum edi va displeyning tepa qismida tirqish borligidan ham habardor edik. Bularning barchasini qurilmaning tasviri tarmoqlarga tarqalganda ko‘rgan edik.

Ammo OnePlus 6T smartfonining batafsil tavsifi tarmoqda endi paydo bo‘ldi. Germaniyada tarqalgan xabarlarga qaraganda, qurilmaning 128-gigabaytli varianti  8 GB OZU bo‘ladi. Qolaversa, unga 6,4-dyuymli AMOLED-displey o‘rnatilgan. Displeyning formati 2340 ga1080 va batareyasi 3700 mAch sig‘imiga ega. Oddiy  OnePlus 6 sig‘imi 3300 mAch batareya bilan ta’minlanadi. Ushbu ma’lumotlar dastlab yetkazib beruvchidan olingan edi, keyinchalik  Geekbench testida ham o‘z tasdig‘ini topdi.

O‘QING: Apple sababli OnePlus 6T rejalashtirilganidan oldinroq taqdim etiladi

Shuningdek, Qualcomm Snapdragon 845 chipi,  USB-C porti, ikkita SIM-karta bilan ishlash qobiliyati, 16 + 20 Mp bo‘lgan qo‘sh asosiy kamera va 16-megapikselli old kamera, bularning barchasi mazkur apparatning imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumot beradi. Ushbu versiyadagi apparat  665 dollarga baholangan.

O‘QING: OnePlus 6T narxlari e’lon qilindi: u kompaniyaning eng qimmat smartfoni bo‘ladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!