OnePlus 6T narxlari e’lon qilindi: u kompaniyaning eng qimmat smartfoni bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  2125
  •  17.10.2018 16:58

OnePlus 6T narxlari e’lon qilindi: u kompaniyaning eng qimmat smartfoni bo‘ladi!

Har yili faqat ikkita modelda smartfon taqdim etib kelayotgan OnePlus kompaniyasining navbatdagi flagmani namoyish sanasi ma’lum. Bugun uning turli hajmli xotiraga ega talqinlari va ularning narxlari haqida ma’lumot tarqaldi.

O‘QING: RASMAN: OnePlus «flagmanlar kushandasi»ning taqdimot sanasi va joyini aytdi

Xullasi kalom, OnePlus 6T smartfonining 6 gigabaytlik tezkor va 128 gigabaytlik ichki xotiraga ega bo‘lgan boshlang‘ich talqini 37 999 rupiy, ya’ni 518 AQSh dollariga baholangan. Bu – Hindiston uchun belgilangan narx, qolgan mamlakatlar bozorlariga esa u bundan qimmatroq holda chiqariladi. Qolgan ikki variantining tezkor xotirasi bir xilda – 8, doimiy xotirasi esa 128 va 256 gigabaytlik bo‘lib, ularga tegishlicha 40 999 rupiy (557 dollar) va 44 999 rupiy (611 dollar) narx belgilangan.

To‘g‘ri, kompaniya tegishli konfiguratsiyalarga ega eng arzon flagmanlarni taqdim etib keladi, lekin bunisi endi OnePlus 6 modelidan baribir qimmat. Aftidan, bu smartfonsoz hamyonbop flagmanlar taqdim etuvchilar safidan chiqib, o‘z mahsulotlariga endi yuqori narxlar qo‘yishga o‘tmoqchi.

Bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda esa turli smartfonlarni qulay narxlarda, bir yillik kafolati bilan onlayn usulda xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: Android 9 Pie tizimli «flagmanlar kushandasi» – OnePlus 6T benchmarkda imtihon topshirdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!