OnePlus 6T smartfoni taqdimotidan bir oy avval sotuvga chiqdi

  •   DiMaX
  •  906
  •  12.09.2018 16:28

OnePlus 6T smartfoni taqdimotidan bir oy avval sotuvga chiqdi

Keyingi paytlarda hali rasman namoyish etilmagan smartfonlarning savdoga chiqarilishiga ko‘nikib ham qoldik. OnePlus kompaniyasining navbatdagi flagmanida ham shunday holat kuzatilmoqda.

O‘QING: OnePlus 6T: flagman barmoq izlari skaneri bilan ta’minlanadi

Giztop internet-do‘koni OnePlus 6T smartfoni uchun oldindan buyurtma qabul qila boshladi. Xarid sahifasida qurilmaning surati, narxi va texnik xususiyatlari ham ko‘rsatilgan.

OnePlus 6T taqdimoti 17 oktyabrga rejalashtirilgan, uning narxi esa 500-600 AQSh dollari atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Giztop do‘koni esa uning 8/128 gigabaytlik tezkor va doimiy xotiraga ega talqini uchun 699 dollar so‘ramoqda.

O‘QING: Taqdim etilmagan Redmi Note 6 va Redmi 6 Plus smartfonlarini allaqachon «qismlab terib» sotishyapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!