OnePlus’ning sirli tizeri: 2 iyulda u qanday smartfon namoyish etadi? («jonli» foto va video)

  •   DiMaX
  •  992
  •  30.06.2018 15:10

OnePlus’ning sirli tizeri: 2 iyulda u qanday smartfon namoyish etadi? («jonli» foto va video)

O‘zining «aslo qotmas» smartfonlari bilan tanilgan OnePlus kompaniyasi ayni damda asosiy e’tiborini yettinchi avlod flagmaniga qaratgan. Bu model iste’molchilar bozoriga taqdim etiladigan dunyodagi ilk 5G-smartfonlardan biriga aylanishi kutilmoqda.

O‘QING: OnePlus 7 5G-smartfonlarining biri bo‘ladi

Ammo kuni kecha mazkur kompaniya e’lon qilgan sirli tizer yangi mahsulotning taqdimotiga ishora qilayotir. Mazkur videolavha ham antiqa – «C61422» deb nomlangan va unda 2 iyul sanasiga ishora qilingan.

Mana, birga tomosha qilamiz:

Ko‘pchilik allaqachon «C61422»ning qizil rang kodi ekanligini anglab ulgurgan, zero, videorolik ham shunga ishora qiladi. Buning ustiga, insayderlar allaqachon alvon tusli smartfonning «jonli» suratini ham taqdim etishgan:

Demak, dushanba – 2 iyul kuni qizil rangli OnePlus 6 taqdimoti bo‘lishini anglab yetdingiz.

Darvoqe, mazkur kompaniyaning amaldagi – OnePlus 6 flagmani eng qimmat narx toifasidagi qurilmalar orasida eng yaxshi smartfon, deb topilganidan xabaringiz bormidi?

O‘QING: Ekspertlar eng foydali smartfonni aniqlashdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!