OnePlus va’da berdi: kutamiz

  •   Saroy
  •  1084
  •  29.06.2018 11:31

OnePlus va’da berdi: kutamiz

OnePlus kompaniyasi qurilmalari uchun yangilangan dasturiy ta’minotni tarqatish jadvalini ma’lum qildi.

Ishlab chiqaruvchining bayonot berishicha, kelgusida barcha smartfonlar, jumladan OnePlus 3/3T, OnePlus 5/5T va OnePlus 6 ikki yil ichida yirik dasturiy ta’minot yangilanishi bilan ta’minlanadi. Ushbu muddat tugaganidan keyin ishlab chiqaruvchi yana bir yil xavfsizlik patchini chiqarish majburiyatini oladi. 

O‘QING: OnePlus 6’dan hamma hayratda: uch haftada millionta smartfon sotildi

Bundan tashqari, OnePlus qo‘shimcha qildiki, OnePlus 3/3T’ni qo‘llab quvvatlash muddati oxiriga yetmoqda. Yaqin kunlarda qurilmalar so‘nggi beta -versiya proshivkani (tez orada jami  OxygenOS 5.1  Android 8.1 Oreo asosida ) oladi va so‘ngra testda ishtirok etayotgan barcha foydalanuvchilar yana dasturiy ta’minotning barqaror versiyasiga o‘tkaziladi. So‘nggi muhim yangilanish noyabr oyida «uchib keladi».

Agarda, OnePlus 5/5T haqida gap ketadigan bo‘lsa, smartfonlar yana bir yil faol  Android versiyasigacha yangilanadi, so‘ngra bir yil davomida yangi xavfsizlik patchini oladi.

O‘QING: OnePlus 5 va 5T yangilangan proshivkali bo‘ldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!