Oppo AX5 Singapur va Tayvanda sertifikatsiyadan o‘tdi

  •   Saroy
  •  1137
  •  20.08.2018 15:57

Oppo AX5  Singapur va Tayvanda sertifikatsiyadan o‘tdi

Oppo kompaniyasi so‘nggi paytlari juda ko‘p yangi smartfonlarni namoyish qildi. Ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqaruvchi bu bilan to‘xtab qoladiganga o‘xshamayapti. Kuni kecha yangi Oppo AX5  qurilmasi  CPH1851 raqami bilan Singapur va Tayvanda sertifikatsiyadan o‘tdi.

Fotografiyaga va hisobotga tayanadigan bo‘lsak, yangi qurilma shishali korpusga ega bo‘ladi. Uning old tomonidagi paneliga keng formatli displey qirqmasi bilan joylashtiriladi. Unda old kamera, gaplashish dinamigi va datchiklar o‘rnatiladi.  Qurilmaning orqa tomonida ikkitalik asosiy kameraning ko‘zchasi bor, ammo barmoq izlari skaneri ko‘rinmaydi.  Bu degani, Oppo AX5 faqat  Face Unlock funksiyasi bilan ta’minlanadi.

O‘QING: Oppo F9 Geekbench ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi

Taassufki, smartfonning boshqa o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berilmagan. Hujjatda faqat, devays ikkita sim-karta, shuningdek Bluetooth, Wi-Fi, LTE va GPS bilan ta’minlanishi haqida aytib o‘tilgan.

O‘QING: Oppo uch kamerali smartfonini namoyish qildi

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!