Oppo «sharshara displey»li smartfonini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  1671
  •  30.07.2019 12:17

Oppo «sharshara displey»li smartfonini e’lon qildi

Korpus old yuzasining imkon qadar ko‘proq yuzasini ekran egallab olgan qurilma yaratish borasida smartfonsozlar poygaga kirishishgan. Jumladan, ko‘pgina texnologiyalari bilan yetakchi kompaniyalarni dog‘da qoldirib kelayotgan Vivo shunaqa smartfonni yaqinda taqdim etmoqchi.

O‘QING: «Jonli» surat: Xitoyliklar ekran romsizligi 100 foizdan oshiq bo‘lgan smartfon tayyorlashdi!

Oppo ham o‘z hamyurtidan qolishmaslikka harakat qilib, smartfon displeyining yangicha dizaynini namoyish etdi. Kompaniya uni «sharshara displey» deb nomlamoqda.

Mazkur kompaniya avval ham ekranining chekkasi qayrilgan smartfonlar chiqargan, masalan – Oppo Find X. Lekin bu galgisida displeyning yon tomonlari yanada nariroq ketgan va 88 darajali burchak ostida bukilgan. Shu tariqa, smartfon korpusining yon qirralari umuman yo‘q qilingan, shuningdek – odatda u yerda joylashuvchi tugmachalar ham.

Ko‘rinishidan juda qiziqarli, ammo bunday smartfonni amalda qo‘llash qanchalik qulay bo‘lar ekan? Ushlaganda ekranning yonlari teginishdan ta’sirlanishi, natijada smartfon buni biror buyruq sifatida qabul qilishi mumkin-ku? Bundan tashqari, Oppo hali bunday smartfonning yoqish-o‘chirish va ovozini ko‘tarish-pastlatish tugmachalari uchun ham joy topishi kerak.

Nima bo‘lganda ham, yaqin orada taqdim etiladigan Oppo smartfonlaridan birida xuddi shunday – «sharshara displey» bo‘lishini kutish mumkin.

O‘QING: 2018 yilning eng, eng, eng... smartfonlari (JerryRigEverything videotalqini)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!