OraSaifu: ilk «aqlli» hamyon

  •   Saroy
  •  706
  •  23.07.2018 16:23

OraSaifu: ilk «aqlli» hamyon

OraSaifu qurilmasi hamyonga va to‘lov usulariga yangicha qarashni o‘zida ifoda etadi. Qurilma, xuddi unchalik katta bo‘lmagan rangli displeyga ega smartfonga o‘xshaydi. Unga barcha debet va kredit kartalarni joylashtirish mumkin. Xarid qilishdan oldin mosini tanlab olasiz va NFC simsiz to‘lov yordamida pul utkazishni amalga oshirasiz.

OraSaifu hamyoni bir biri bilan ham ulanib ishlay oladi. Birorta kishiga pul o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, kartani tanlaysiz, pulni miqdorini ko‘rsatasiz va bitta hamyonni ikkinchisiga yaqinlashtirasiz.

O‘QING:Garmin uchuvchilar uchun smart-soatlar seriyasini ishlab chiqardi

Gadjet diagonali 4 dyumli HD-displeyga ega va u atigi 65 gramm og‘irlikka ega. Ichki akkumulyatori bir hafta ishlashga yetadi, bir soatda to‘liq quvvat oladi.

Bundan tashqari «aqlli» hamyonni kriptovalyutani saqlash  uchun ham ishlatsa bo‘ladi. Kriptovalyuta bilan yanada oson ishlash uchun qurilma korpusida kamera mavjud. U  kriptohamyonni to‘ldirish uchun QR-kodni  skanerlash imkonini beradi.

Oldindan buyurtma berilsa, bunday hamyon 119 dollar turadi. Sotuvga chiqarish shu yilning oktyabr oyiga mo‘ljallangan.

O‘QING:Aqlli pampers, qog‘oz kamera va ulkan-Oktokopter

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!