Otishmali o‘yinlarning qirq yillik evolyusiyasini bitta qoyilmaqom videorolikda ko‘ring!

  •   DiMaX
  •  1798
  •  23.11.2020 12:26

Otishmali o‘yinlarning qirq yillik evolyusiyasini bitta qoyilmaqom videorolikda ko‘ring!

Kiber-o‘yinlar orasida birinchi shaxs nomidan o‘ynaluvchi shuterlar o‘ziga xos tarqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. «4096» nomli YouTube-kanal muallifi ularning 40 yilda qanchalik o‘zgarganligini ko‘rsatuvchi videolavha e’lon qildi.

O‘QING: Bir umr bepul o‘ynash uchun bu ikki o‘yinni 26 noyabrgacha olib qo‘yishga ulguring!

Mazkur videorolik, birinchi navbatda, professional ishlangani – rejissura va montaj qilingani bilan e’tiborga loyiq. Shunga o‘xshash boshqa videolarda turli o‘yinlardan tasodifiy olingan lavhalar ketma-ket «yopishtirib» chiqiladi; bunisida esa o‘zgacha: ular shunday ustalik bilan ulab ketilganki, bir o‘yindan ikkinchisiga o‘tganingizni payqamay ham qolasiz!

Mana, qarang-chi, turli o‘yinlardan olingan parchalar orasidagi o‘tish chegarasini siz aniqlay olarmikansiz:

Salkam uch daqiqalik videoda 1973 yilgi Maze War o‘yinidan boshlab to Battlefield 4 shuterigacha – jami 19 xil taytldan olingan lavhalar mohirona ulab chiqilgan. Faqat bir jihati g‘alati: rolikni 2013 yilgi o‘yin bilan yakunlashgan, ya’ni xronologiya to‘liq bo‘lmay qolgan.

O‘QING: Eng zo‘r o‘yinlarning o‘nta reytingi: bunga qo‘shilmaslik qiyin!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!