«O‘zbekiston havo yo‘llari» chiptalarini MasterCard orqali ham sotishni yo‘lga qo‘ydi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» chiptalarini MasterCard orqali ham sotishni yo‘lga qo‘ydi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi qatnovlariga aviachiptalarni MasterCard to‘lov tizimi orqali sotib olish mumkin. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK aviabiletlarini www.uzairways.com saytida harid qilish mumkin. Bundan tashqari, saytda aviakompaniya samolyotlari sahnidagi ham pullik, ham to‘lovsiz joylarni oldindan tanlash va bronlash imkoniyati ham mavjud.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, oldin mazkur imkoniyat faqat UzCard va VISA to‘lov tizimlari orqali taqdim etilgan, xolos.

O‘QING Endi O‘zbekistonda ham avtomobillarni onlayn xarid qilish mumkin

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!