O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha dunyo reytingida 37 pog‘ona ko‘tarildi

  •   DiMaX
  •  1616
  •  19.05.2020 16:52

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha dunyo reytingida 37 pog‘ona ko‘tarildi

Ookla kompaniyasi Speedtest.net servisi 2020 yil aprel oyi natijalariga ko‘ra yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

O‘QING: Speedtest reytingi: O‘zbekistonda internet tezligi 2,4 baravar o‘sdi!

Speedtest Global Index simli aloqa internet tezligi jahon reytingi bo‘yicha O‘zbekiston hozirgi kunda 94-pog‘onani egallab, yana 1 pozitsiyaga ko‘tarildi. Shu tariqa, bir yil davomida jami 37 pog‘ona, ya’ni 131-o‘rindan 94-pog‘onaga ko‘tarildi.

Umuman oxirgi yil natijalariga ko‘ra O‘zbekistonda aniqlangan internet tezligi kariyb 2,3 barovar o‘sgan: 2019 yil mart holatiga ko‘ra 11,62 Mbit/coniya bo‘lsa, 2020 yil aprel holatiga nisbatan 25,88 Mbit/coniyani tashkil etmoqda.

2020 yil aprel oyi holatiga ko‘ra Respublikamiz aniqlangan internet tezligi bo‘yicha bir qator davlatlardan oldinda: Turkiya (97-o‘rin), Gruziya (95-o‘rin), Ozarbayjon (114-o‘rin), Tojikiston (99-o‘rin) va Turkmaniston (174-o‘rin).

O‘QING: Speedtest sinovi: Samsung, Apple va Huawei – qay birida internet eng tezkor?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!