O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha pozitsiyasini yaxshilab oldi

  •   Saroy
  •  2027
  •  08.08.2018 18:28

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha  pozitsiyasini yaxshilab oldi

Irlandiyadagi  Ookla kompaniyasining Speedtest.net xizmati internet tezligi bo‘yicha 2018 yil iyulgacha olingan ma’lumotlarga asoslanib,  reyting e’lon qildi. Unda O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha pozitsiyasini anchagina yaxshilab olgani aytiladi.

Ro‘yxatda  mobil internet bo‘yicha mamlakatimiz to‘rtta pog‘ona ko‘tarilib, 9,60 Mbit/s ko‘rsatkichi bilan 110 o‘rinni egallagan. Simli internet tezligi bo‘yicha esa respublikamiz 7 punktga ko‘tarilib 119 o‘rinni (8,57 Mbit/s) band etgan.

O‘QING:Skype, Viber, WhatsApp bilan bog‘liq muammolar nihoyat bartaraf etildi

Mobil internet tezligi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rin Katarga, simli internet tezligi bo‘yicha Singapurga nasib qildi.

Bundan avval O‘zbekiston va Afg‘onistonning internet-trafigini oshirishi haqidagi xabar berilgan edi. Bu haqda iyul oyining oxirlarida “O‘zbektelekom” Milliy aloqa operatori bilan  Afghan Wireless Communication Company (AWCC) kompaniyasi o‘rtasida tegishli bitim imzolangan.

Bundan tashqari, Jahon banki O‘zbekistonda yuqori tezlikdagi internetni ishga tushirish rejasini qo‘llab quvvatlashi haqida ham ma’lum qilingandi. Bunga Digital CASA dasturi yo‘naltirilgan.

O‘QING:Yil oxirigacha internet tezligi qanchaga oshadi? Yo‘l xaritasini tomosha qiling!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!