O‘zbekiston maktablarida IT-ta’lim dasturlari joriy etilishi mumkin

O‘zbekiston maktablarida IT-ta’lim dasturlari joriy etilishi mumkin

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Sarvar Babaxodjayev Oracle kompaniyasining vitse-prezidenti Djovanna Sandjordjini bilan uchrashuvi doirasida axborot texnologiyalariga oid ta’lim dasturlarini yaratish va maktablarda joriy etish, hamda joylarda bolalarga axborot texnologiyalari bo‘yicha bilim beruvchi trener va o‘qituvchilarni tayyorlash masalalarini ko‘rib chiqdilar. Bu haqda Vazirlik Axborot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv davomida vazir o‘rinbosari O‘zbekiston xalq ta’limi sohasidagi islohotlar, jumladan, mamlakat maktablarida axborot texnologiyalariga oid ta’lim dasturlarini joriy etish bo‘yicha rejalar haqida gapirib bergan.

Sarvar Babaxodjayev Vazirlikning yangi jamoasining asosiy maqsadlaridan biri farzandlarimizning kelajakda munosib ish topishlariga ko‘mak beradigan axborot texnologiyalari sohasida kerakli bilimlarni olish imkoniyatini yaratib berish ekanligini ta’kidlab o‘tgan. 

Tomonlar xalq ta’limi sohasida qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama etishda davomiy aloqalarni o‘rnatishga kelishib olgan.

O‘QING: O‘zbekistonlik xohlovchilar “Oracle akademiyasi”da bepul o‘qiydilar

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, “Oracle Academy” — “Oracle” kompaniya tomonidan o‘qituvchilarning o‘qish va ishlashiga tayyorgarlik ko‘rish uchun maktablarda, kollejlarda va universitetlarda talabalar uchun axborot texnologiyalarini uzluksiz o‘rganish uchun barcha zarur resurslarni taqdim etishga mo‘ljallangan ta’lim tashabbusi hisoblanadi.

Har yili “Oracle Academy” kurslarini 120 mamlakatdagi 3,5 million nafardan ortiq talabalar o‘rganadi. “Oracle Academy” dasturlari yoshlarga haqiqiy hayotga tayyorgarlik ko‘rish va zamonaviy global iqtisodiy sharoitlarda ishlashga yordam beradi.

Eng mashhur akademik kurslardan Java Fundamentals, Java Foundations, Java Programming, Database Foundations, Database Design and Programming With SQL, Programming with PL/SQL, APEX – Application Development Foundations va shu kabilar bo‘yicha bepul ta’lim olish mumkin. Ularning ichiga ma’ruza va mustaqil o‘qish, amaliy mashg‘ulotlar, bilimlarni nazorat qilish, kurs loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish ham kiradi.

O‘QING: Ikkinchi Global tadbirkorlik haftaligi start oldi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!