O‘zbekiston moliyaviy ma’lumotlari endi OAV va Internetda e’lon qilinadi

  •   DiMaX
  •  199
  •  05.02.2021 11:51

O‘zbekiston moliyaviy ma’lumotlari endi OAV va Internetda e’lon qilinadi

Shavkat Mirziyoyev 2021 yil – «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmonni imzolagan. Unga ko‘ra, joriy yilning 1 may sanasidan ayrim moliyaviy ma’lumotlarni OAV va Internetda e’lon qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

O‘QING: O‘zbekistonda 2G, 3G, 4G va 5G texnologiyalari: Tezkor internetga ulash qanday ketyapti?

Unga ko‘ra, 2021 yilda davlat boshqaruvi xodimlari soni o‘rtacha 15 foizgacha optimallashtiriladi.

2021 yil 1 maydan quyidagilarga oid moliyaviy ma’lumotlarni OAV va Internetda e’lon qilish amaliyotini joriy etiladi:

  • davlat organlari byudjetdan tashqari jamg‘armalarining daromadi va xarajatlari;
  • ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ularga ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar xaridlari;
  • davlat subsidiya va grantlarining miqdorlari va oluvchilari.

Shuningdek, 2021 yil 1 iyulga qadar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qarorlarni faqatgina maxsus «E-qaror» elektron tizimi orqali tayyorlab, qabul qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

O‘QING: Ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumotni endi tez va bepul – onlayn tarzda olishingiz mumkin

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!