O‘zbekiston muzeylariga endi dunyoning istalgan nuqtasidan onlayn sayohat qilish mumkin!

  •   DiMaX
  •  757
  •  01.07.2019 15:49

O‘zbekiston muzeylariga endi dunyoning istalgan nuqtasidan onlayn sayohat qilish mumkin!

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va Google Arts & Culture O‘zbekiston muzey kolleksiyalarining katalogini onlayn joylashtirishga kelishib oldi. Bu haqda Minbar nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Samarqandda Smart-muzey ochildi – u Markaziy Osiyoda yagona!

Google Arts & Culture – jahonning 70 ta mamlakatidagi 1200 ta muzey, galereya va boshqa tashkilotlar eksponatlarining onlayn kolleksiyasidir. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekistonda birinchilar qatorida ushbu platformaning hamkori bo‘ldi.

Hozircha platformada Oybekning uy-muzeyidagi eksponatlar va "Qo‘rg‘on chiroq" videoinstallyasiyasining onlayn ko‘rgazmasi ishga tushirildi. Endi taqdim etilgan eksponatlarni dunyoning istalgan nuqtasidan turib tomosha qilish mumkin. Google Arts & Culture tomonidan navbatdagi bosqichda O‘zbekiston muzeylari uchun 3D-turlarni ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Google Arts & Culture servisi dunyo ko‘rgazmalariga tashrif buyurish va san’at asarlarini kichik detallarda o‘rganish imkonini beradi. Shuningdek, bu yerda jahon madaniyati va san’ati bo‘yicha tarixiy ma’lumotlar va davriy nashrlar, fotosuratlar, videoroliklar, qo‘lyozmalar, shaharlar va arxitektura yodgorliklari hamda tabiat ajoyibotlari bo‘ylab ekskursiyalar taqdim etilgan.

O‘QING: Turizmni rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha reallik texnologiyasi qo‘llaniladigan “NAZZAR” mobil ilovasini joriy etiladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!