O‘zbekistonda bepul startap-akseleratorlar tashkil etilishi arafasida

O‘zbekistonda bepul startap-akseleratorlar tashkil etilishi arafasida

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilg‘or texnologiyalar markazi olti oylik bepul startap-akseleratorlar tashkil etish arafasida turibdi. Shu munosabat bilan Ilg‘or texnologiyalar markazi startap akseleratorning potensial ishtirokchilari uchun maxsus seminarlar tashkil etgan bo‘lib, tadbirda noan’anaviy fikrlash, jamoada ishlash, akseleratorda ishtirok etish qoidalari va bosqichlari, interfaol o‘yinlar, yangi loyihalar taqdimoti bo‘lishi kutilmoqda. Vazirlik matbuot xizmatining ta’kidlashicha, yuqorida qayd etilgan tashabbuslar yurtimizda yuqori texnologiyalar va innovatsiyalarni hayotga tatbiq etish ishlari faollashayotganidan dalolatdir.

O‘QING: Prezident ba’zi maktablarda informatika fani hali hamon eski dasturlash tili asosida o‘tilayotganini tanqid qildi

Bundan tashqari, Innovatsion ishlanmalarni joriy etish markazi xodimi Qodirjon Abdurazzoqov innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning noan’anaviy usullari bo‘lgan farishta investorlar (angel investors) va venchur kompaniyalarning amaliy tamoyillari hamda investitsiya shartlari haqida ma’lumotlar berdi.

Ma’lumki, iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlar biznes doiralarida e’tiborli o‘rin egallagan «farishta investor»lar va venchur fondlari mamlakat iqtisodiyotining o‘sishiga xizmat qilib kelmoqda. Venchur fondlari, «farishta investorlar» kabi iboralar ko‘pchilik uchun yangi tushunchalar bo‘lgani bois ularning mohiyati, faoliyat yuritish tartibi ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi. «Risk kapitali»,ba’zi xollarda «pay kapitali» (equity sapital)deb nomlanadigan bunday turdagi investitsiya manbalari, atamalar mazmunidan ham ko‘rinib turibdiki, ma’lum ulush evaziga tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan innovatsion loyihalarni, startaplarni moliyalashtirishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Innovatsion biznesni qo‘llab-quvvatlash funksiyasini bajaruvchi akseleratorlar tomonidan saralab olingan startaplar bir necha oylik tayyorlov dasturlarini o‘taganlaridan so‘ng o‘z loyihalarini farishta investorlar oldida namoyish qiladilar. Ulardan muvaffaqiyat qozonish ehtimoli yuqori bo‘lgan, «farishtalar» tomonidan munosib ko‘rilganlariga firmaning ma’lum ulushi evaziga investitsiya kiritiladi.«Farishtalar» aksariyat hollarda tajribali mohir tadbirkorlar bo‘lib, startaplar muvaffaqiyatidan manfaatdor ekanliklari sabab ham o‘z fikr va maslahatlari bilan ko‘mak beradilar.

O‘QING: O‘zbekistonliklar IT-mahsulot va yechimlarni qidirib topishga qaratilgan forumda qatnashadi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.