O‘zbekistonda Google va Facebook ofislari ochilishi mumkin

  •   DiMaX
  •  1025
  •  17.05.2018 15:43

O‘zbekistonda Google va Facebook ofislari ochilishi mumkin

Google kompaniyasining Jamoatchilik va hukumatlar bilan aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Dovon Ernir kompaniya kelgusida O‘zbekistonda ofis ochishga qiziqish bildirganini va buning uchun ayrim shartlarni ma’lum qildi. Bu haqda O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligining Tadqiqotlar va davlat hamda jamiyatga innovatsiyalarni joriy etish boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Hamzayevga tayanib Kun.uz nashri xabar beradi.

O‘QING: Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari tashkil etiladi

Ma’lum qilinishicha, Google kompaniyasi Markaziy Osiyo bo‘yicha ofisini O‘zbekistonda ochishga qaror qilsa, ko‘plab IT mutaxassislariga talab paydo bo‘ladi. Xususan, data-IT mutaxassislari, dasturlovchi va serverga xizmat ko‘rsatuvchi kadrlarga ehtiyoj oshishi mumkin. Shu tufayli, kompaniya O‘zbekistonda IT sohasini yanada rivojlantirish va dasturlash bo‘yicha bilimlarni ommalashtirish maqsadida qiymati 3,5 million dollar artofida bo‘lgan maxsus Google coding content o‘quv dasturini O‘zbekistonga bepul taqdim etdi.

«Endilikda oldimizda turgan vazifa aniq va sodda: qo‘lga kiritilgan imkoniyatdan foydalanib, dasturlash tillari va kodlarni tezroq o‘zlashtirishimiz lozim. Buning uchun ta’lim sohasiga o‘ziga xos yechimni taqdim etyapmiz, ya’ni QBox qurilmasi yordamida maktablarda lokal internet hozirlab, Google coding content axborotlarini unga kiritamiz», – deydi Bekzod Hamzayev.

Mutasaddi vakilning aytishicha, Facebook kompaniyasi vakili ham ayni shu ma’noda kompaniya talablarini bildirgan.

O‘QING: O‘zbekiston bilan Huawei o‘rtasida memorandum imzolandi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.