O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari 22,1 milliondan oshdi

  •   DiMaX
  •  481
  •  12.12.2020 15:09

O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari 22,1 milliondan oshdi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan matbuot anjumanida AKT vazirligi matbuot kotibi Sherzod Ahmatov O‘zbekistonda internet xizmatlaridan foydalanuvchilar soni to‘g‘risida ma’lumot berdi. Bu xususda Kun.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: Yangi yil arafasida «IKKI KARRA INTERNET» oling!

Qayd etilishicha, internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 22,1 milliondan oshgan, shundan mobil internet foydalanuvchilari soni 19 million kishini tashkil etmoqda.

«Magistral transport telekommunikatsiya tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2ta loyiha yakunlandi. Natijada, respublika bo‘yicha 237ta ob’yektda qurilmalar o‘rnatiladi», – dedi Sherzod Ahmatov.

Ma’lum qilinishicha, «Optik tolali aloqa liniyalarini qurish» loyihasi doirasida rejalashtirilgan ob’yektlarga qadar 19 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy uzunligi 55,6 ming kilometrga yetkazildi (yil rejasi – 10 ming kilometr).

O‘QING: 64 mln dollarlik telefonlarni O‘zbekiston qayerlardan import qildi?